×

Fargʻona shahridagi Oʻzbekiston Koreya Xalqaro universitetida (KIUF) 2021-2022-oʻquv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

43716 marta

CHOP ETILGAN

27.07.2021

Fargʻona shahrida joylashgan Oʻzbekiston Koreya xalqaro universiteti – Janubiy Koreya taʼlim tizimi andozalariga asoslangan holda, bakalavr bosqichi boʻyicha yuqori sifatli taʼlim dasturini taklif etadi.

Universitet 2019-yilda Fargʻona shahrida tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunga qadar 11 ta mutaxassislik boʻyicha 4 yillik taʼlim standarti doirasida xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Oʻquv jarayonlari toʻliq ravishda koreyalik yetakchi professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilib, taʼlim tillari koreys va oʻzbek tilidan iborat.

Universitet Oʻzbekistonda AKKREDETATSIYAdan oʻtgan oliygohlar qatoriga kiritilib, Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tasdiqlangan. Taʼlim dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Koreya Xalqaro universiteti 3+1 tizimga asoslanganligi sababli, talabalar bakalavr bosqichining 3 yilini Oʻzbekistonda, 1 yilini esa Janubiy Koreyadagi:

  1. Seojeong
  2. Shinhan
  3. Kookmin
  4. Seokyeong
  5. Sun Moon

kabi hamkor universitetlarning birida oʻqish imkoniga egadirlar. Shu orqali ularga ikki tomonlama – ham Oʻzbekiston, ham Janubiy Koreyada taʼlim olgan universitetining bakalavr darajasidagi diplomlari taqdim etiladi. Eng ahamiyatlisi, TOPIK darajasiga muvofiq talabalarning Koreyada oʻqishlari uchun turli miqdordagi stipendiyalarni qoʻlga kiritishlari belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, ularning 3+1 dasturi boʻyicha Koreya universitetlarida oʻqishga borishlari va hujjat topshirish jarayonlari va u yerda sifatli taʼlim olishlari KIUF universiteti tomonidan qonuniy tarzda qoʻllab-quvvatlanadi va koʻmaklashiladi.

Universitetning boshqa oliy taʼlim muassasalaridan farqi uning faqatgina 3+1 dasturiga ega ekanligi emas, balki talabalarga 4 yil davomida uzluksiz ravishda professional darajada koreys tilining oʻqitilib borilishi, talabalar amaliyotining Koreya bilan bogʻliq va Oʻzbekiston hududida joylashgan muassasalarda olib borilishi va ish bilan taʼminlashga amaliy koʻmaklashish kabilarni ham keltirib oʻtish zarur.

Eslatib oʻtish kerakki, 2021-2022 oʻquv yili uchun mutaxassisliklar doirasi kengaytirilgan boʻlib, endilikda umumiy 13 ta yoʻnalish boʻyicha qabul rejasi belgilangan.

Ushbu yoʻnalishlardan iborat:

  1. Maktabgacha taʼlim.
  2. Turizm menejmenti.
  3. Koreys tili.
  4. Ingliz tili.
  5. Xalqaro savdo.
  6. Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi.
  7. Mashinasozlik muhandisligi.
  8. Avtomobilsozlik muhandisligi.
  9. Elektrotexnika va elektronika muhandisligi.
  10. Qurilish muhandisligi.
  11. Arxitektura muhandisligi.
  12. Internet va axborot kommunikatsiyasi.
  13. Kimyo muhandisligi fakulteti.

Hujjatlarni topshirish jarayoni onlayn va oflayn tarzida amalga oshiriladi. Toʻliq maʼlumotni www.kiuf.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

Universitetga hujjat topshirish uchun TOPIK yoki IELTS sertifikati majburiy tarzda talab etilmaydi. Ammo ulardan birini taqdim etish abituriyentga qoʻshimcha 10% ballni qoʻlga kiritish imkonini beradi.

KIUF universitetiga hujjatlar 2021-yil 18-avgust sanasigacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni, qabul shartlari va kontrakt miqdori haqidagi batafsil maʼlumotni www.kiuf.uz saytidan olishingiz yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

+99895401-94-54
+99895401-94-55
+99895401-94-56

Universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:

👉 Telegram
👉 Instagram
👉 Facebook

Universitet hayotidan fotolavhalar bilan BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!