×

UNIL Master’s grants: Shveytsariyada magistraturada oʻqish uchun 1820 dollar oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.11.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

15076 marta

Shveytsariyaning  Lozanna shahrida joylashgan Lozanna universiteti (UNIL) magistratura dasturlarida oʻqishini xohlovchi xorijlik talabalarga UNIL Master’s Grants dasturini taklif etadi. Grant xorij oliy oʻquv yurtlarini tamomlagan iqtidorli, yuqori potensialli va intiluvchan bitiruvchilari uchun beriladi.

Bu grant har yili taxminan 10 nafar talabaga ajratiladi.

Eslatma: quyidagi magistrlik dasturlari uchun stipendiyalar ajratilmaydi:

  • Master from the School of Medicine
  • Master in Sciences and Practices of Education
  • Master of Law. Exceptions: Open to applications for Masters Scholarships : Specialisms «International and Comparative Law», «Legal Theory» and «International Tax Law and Policy»
  • Master of Science in Physical Education and Sport Didactics
  • Master of Science in Health Sciences
  • Master of Science in Sustainable Management & Technology
  • All MASs (3rd cycle programmes, Further Education programmes)

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Magistrlik kursi tugagunga qadar har yili 10 oy davomida oyiga 1600 CHF (taxminan 1820 AQSh dollar) miqdorida stipendiya ajratiladi. Biroq birinchi yili qoniqarli darajada oʻzlashtira olmagan talabalar keyingi yil uchun stipendiyadan mahrum qilinishi mumkin.
  • Magistrlik dasturiga roʻyxatdan oʻtish toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  1. Tanlangan yoʻnalishi boʻyicha kamida bakalavr darajasi (diplomi)ga ega boʻlish kerak yoki oʻqish boshlanguniga qadar bakalavrlik diplomini qoʻlga kiritish kerak.
  2. Bakalavriatni Shveytsariyadan boshqa davlatlardagi universitetda bitirgan boʻlishi / bitirishi kerak.
  3. Nomzod ingliz (C1) yoki fransuz (C1) tilini yaxshi bilishi kerak. Baʼzi kurslar ingliz tilida, baʼzilari fransuz tilida, ayrimlari esa har ikkala tilda oʻqitilishi mumkin.
  4. Nomzod iqtidorli, yuqori baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  5. 200 CHF (taxminan 200 dollar) miqdoridagi maʼmuriy toʻlovni (Administrative fee) toʻlashi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun nomzod olygohning oʻzi tanlagan magistratura dasturiga 2024-yil sentabr oyidan 1-noyabrgacha onlayn tarzda ariza topshirishi va shu jarayonda grant uchun talab etiladigan hujjatlarni ham topshirishi zarur. Natijalar 2025-yil aprel oyi boshlarida e’lon qilinadi. Mavjud magistratura dasturlarini bu yerdan topasiz.

ESLATMA: Ushbu grantga topshirilgan hujjatlar magistrlik dasturi uchun ham topshirilgan hisoblanadi, shu sababli, tanlangan magistrlik dasturiga alohida ariza berish shart emas.

Grant uchun talab etiladigan hujjatlar, ularni tayyorlash va yuborish shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Onlayn ariza platformasi 2024-yil sentabrda ochiladi. Bu platforma havolasini grant sahifasidan topasiz (“Online Application” tugmasi).

Savollar yuzasidan mastergrants@unil.ch elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

MUHIM: Hujjat topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!