×

“Mustaqillik – huquq demakdir” ijodiy tanlovi; mukofotlar – smartfon, televozr va changyutkich!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1727 marta

CHOP ETILGAN

12.08.2021

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Ish topshirish muhlati: 2021-yil 20-avgustgacha (20-avgustda ham qabul qilinadi)

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – huquq demakdir” mavzusida ijodiy tanlov eʼlon qildi.

Tanlovning maqsadi mustaqillikning 30 yilligini munosib nishonlash maqsadida aholining Vatan tuygʻusini yana-da yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

Tanlovga ishtirokchilar oʻzlari tayyorlagan ijodiy ish namunalari (rasm, sheʼr, 3 daqiqadan oshmagan videorolik)ni 2021-yilning 20-avgust sanasiga qadar yuborishi mumkin.

Mukofotlar

Tanlov gʻolblari smartfon, televizor hamda changyutkich bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish tartibi quyidagicha:

1. Tanlovga materiallarni qabul qilish joriy yilning 12-avgustidan 20-avgustigacha (shu kuni ham) davom etadi.

2. Qatnashchilar oʻz ijodiy ishlarini @mustaqillik_tanlovibot telegram botiga yuborish orqali tanlovga qatnashadi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻzining toʻliq F.I.O., mobil telefon raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini rasmga olib botga yuborishi talab etiladi.

3. Ishtirokchilar faqat bitta yoʻnalishdagi (masalan sheʼr yoki videorolik, rasm) ijodiy ish namunasi bilan bir marta tanlovga qatnashishi mumkin. Bir shaxs tomonidan bir xil namunadagi yoki turli xil ijodiy ish namunalari ikki va undan ortiq marotaba yuborilgan taqdirda ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi.

Ishtirokchilar oʻzining ijodiy ishini yagona fayl (arxiv – “.rar”, “.zip”) shaklida belgilangan manzilga yuborishi kerak. Belgilangan talablarga javob bermagan ijodiy ish namunasi hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovni oʻtkazish bosqichlariga quyidagilar kiradi:

a) tanlov ishtirokchilaridan materiallarni qabul qilish va toʻplash.

Muddati: 12-avgustidan 20-avgustigacha (shu kuni ham) davom etadi;

b) tanlov ishtirokchilari tomonidan yuborilgan materiallarni hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqish va baholash.

Muddati: 20-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi;

v) tanlov natijalari avgust oyining oxirgi oʻn kunligida eʼlon qilinadi.

4. Tanlov gʻoliblarini aniqlash maqsadida malakali huquqshunoslar hamda tajribali amaliyot xodimlaridan iborat tarkibda kamida 5 nafar aʼzodan iborat hakamlar hayʼati shakllantiriladi.

5. Yuboriladigan materiallar “Mustaqillik huquq demakdir” mavzusi doirasida boʻlishi lozim. Tanlov materiallari puxta va aniq ishlab chiqilgan, ijodiy yondashilgan hamda mustaqillik toʻgʻrisida mualliflik huquqi talablariga rioya qilgan holda boʻlishi talab etiladi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan materiallar uchinchi tomonlarning intellektual huquqlarini buzgan boʻlsa, ushbu holat yuzasidan tanlov tashkilotchisi javobgar hisoblanmaydi.

6. Tanlov gʻoliblari Mustaqillik bayrami arafasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga taklif etiladi hamda oʻz sovgʻalarini olib ketishlari mumkin boʻladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!