Qirgʻizistonning poytaxti – Bishkekda joylashgan OSCE akademiyasi Germaniyaning CRISP tashkiloti bilan hamkorlikda qizuquvchilar uchun Tinchlik va ziddiyatlar mavzusida sertifikat taqdim etiladigan navbatdagi 5 kunlik trening tashkillashtirmoqda. Trening davomida ishtirokchilar ziddiyatlarni oʻzgartirish sohasidagi konsepsiyalar, usullar va vositalar haqida maʼlumot olishadi.
Trening Bishkek shahrida, OSCE akademiyasida 2023-yilning 17-21-sentabr kunlari boʻlib oʻtadi va ingliz tilida olib boriladi.
Trening mashgʻulotlari va tarkibi bilan BU YERDA batafsil tanishish mumkin.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchilar, faollar, ekspertlar, bakalavriat va magistratura darajasiga ega nomzodlar, NTT, hukumat va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Treningda ishtirok etish uchun tanlab olinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Treningda qatnashish barcha qabul qilingan ishtirokchilar uchun bepul.
- Qirgʻizistonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
- Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
- Trening yakunida sertifikat taqdim etiladi.
Talablar:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston va Moʻgʻulistondan boʻlgan nomzodlar qatnasha oladi.
- Quyidagilar qatnashishi mumkin: boshlangʻich va oʻrta tajribaga ega boʻlgan fuqarolik jamiyati, nodavlat-notijorat va hukumat tashkilotlari vakillari, shuningdek, tadqiqotchilar, faollar va ekspertlar.
- Nomzodlar ijtimoiy fanlar yoki shunga oid sohada BA (bakalavrlik) yoki MA (magistrlik) darajasiga ega boʻlishlari kerak.
- Nozmodlar 5 kun toʻliq intensiv treningda qatnashishga tayyor boʻlishi kerak (maʼruzalar, tonggi, tushki va ayrim kechki vazifalarda qatnashish kerak).
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu dasturga arizalarOʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 31-iyul, soat 22:59 ga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlardan qabul uchun quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
- CV (ingliz tilida), 2 betdan koʻp boʻlmasligi kerak.
- Motivatsiya xati: xat ingliz tilida boʻlishi va 600 soʻzdan koʻp boʻlmasligi kerak. Unda treningga qatnashish nomzodning kasbiy yoki akademik karyerasiga qanday foyda berishi tushuntirilishi kerak. Bu xatda nomdoz qaysi davlat fuqarosi ekanini ham koʻrsatib oʻtishi kerak.
Yuqoridagi hujjatlar bitta PDF faylga birlashtirilishi va quyidagi tartibda nomlanishi kerak: Mr/Ms_Name_Surname_PCT. Soʻng ushbi PDF hujjat 2023-yil 31-iyul, soat 22:59 ga qadar training@osce-academy.net elektron manziliga yuborilishi lozim. Email mavzusiga (Subject) “Training in Peace and Conflict” deb yozilishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin trening haqidagi rasʼmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.