Avstriya milliy banki – OeNB iqtisodiyot sohasida tadqiqotlar olib boruvchi izlanuvchilardan “Klaus Liebscher Economic Research Scholarship” grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur davomida iqtidorli, yetakchi tadqiqotchilar o’z bilim va tajribalari yordamida OeNBʼning The Economic Analysis and Research Department bo’limi bilan hamkorlikda ishlash va maslahat berish (konsalting) orqali mazkur bo’limining keng ko’lamli tadqiqotlariga hissa qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Dastur doirasida har yili 3 nafar tadqiqotchi 3-6 oy davomida dunyoning eng yetakchi banklaridan birida bebaho tajriba orttiradilar.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur davomida (3-6 oy) qatnashchilar quyidagilar bilan ta’minlanadilar:
- Avstriyaning Vena shahrida vaqtinchalik yashash huquqi.
- Stipendiya – 10 000 yevrogacha.
Grant imkoniyatlari bilan batafsil bu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod dunyoning istalgan davlatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
- Nomzodning millati va yoshiga cheklovlar qo’yilmagan.
- Dastur odatda 3 oy davom etadi. Ammo tomonlar o’rtasidagi shartmonaga muvofiq 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.
- Nomzod moliya yoki iqtisod yo’nalishida PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi zarur.
- Nomzod bir vaqtning o’zida Klaus Liebscher Economic Research Scholarship Program taklif etadigan faqat bitta grant dasturiga ariza bera oladi.
- Nomzod tegishli iqtisodiy tajribaga ega, etakchi mutaxassislar bo’lishi va hamkorlikda tadqiqot olib bora olishi kerak.
- Nomzod, ariza topshirish davrida, tadqiqot muassasasida dastur yo’nalishi (iqtisodiy tahlil va tadqiqotlar) ga doir faol izlanishlar olib borishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.
- Grantga shu dasturning avvalgi g’oliblari ariza bera olmaydilar.
- Yevropa Markaziy Banki (European Central Bank) yoki Yevropa Markaziy Banklar Tizimiga kiruvchi boshqa banklar xodimlari dasturga ariza bera olmaydilar.
- Dastur ishtirokchilarni keyinchalik ish bilan ta’minlash majburiyatini olmaydi.
- Dastur yakunida har bir ishtirokchi tadqiqot jarayoni va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berishlari zarur. Grant shartlari haqida batafsil: bu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturiga arizalar har yili may oyining o’rtalaridan 31-oktabrgacha OeNB bankining Economic Research and Analysis Department bo’limiga, scholarship@oenb.at eliktron pochtasi orqali yuborilishi zarur.
Natijalar 2021-yil noyabr oyi oxirigacha e’lon qilinadi.
Kerakli hujjatlar (umumiy):
- Motivatsion xat.
- Maslahat taklifi (batafsil ishlab chiqilgan).
- Nomzodning ayni damdagi tadqiqot faoliyati va yo’nalishi haqidagi hujjat.
- CV.
- Hozirgacha chop etilgan nashrlar ro’yxati.
- OeNB bog’lanishi mumkin bo’lgan 2 ta tavsiya beruvchining kontakr ma’lumotlari.
- Nomzodning daromadi haqidagi ma’lumotnoma (hozirgi ish joyidan).
- Grant dasturining nomzod va u ishlayotgan/tadqiqot olib borayotgan muassasa o’rtasidagi mehnat shartnomasiga zid emasligini tasdiqlovchi hujjat.
Barcha hujjatlar bitta PDF formatidagi faylga jamlanishi zarur. Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, tarjima qilingan hujjatlarning notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilishi kerak.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki dastur yoʻriqnomasidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
E-mail: scholarship@oenb.at