×

Irlandiya: 30 ga yaqin nufuzli oliygohlarida magistratura yoki PhD bosqichida o’qish imkoniyati; yillik stipendiya 27 500 yevrogacha!


Grant

MUHLAT

21.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

1793 marta

Irlandiya hukumati 30 ga yaqin hamkor oliygohlar bilan birgalikda magistratura va PhD bosqichida izlanishlar olib borish niyatidagi/olib borayotgan tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Government of Ireland Postgraduate Scholarship Programme dasturini taklif etmoqda. Hozirda mazkur dastur bo’yicha 2022-yil sentyabr oyida oʻqishini / tadqiqotlarini boshlaydigan iqtidorli, yuqori potensialli va intiluvchan mahlliy va xorijlik tadqiqotchilardan arizalar qabul qilinmoqda. Dastur davomiyligi quyidagicha:

  • Research master’s degree – 1 yil
  • Structured research master’s degree – 2 yil
  • Traditional doctoral degree – 3 yil
  • Structured doctoral degree – 4 yil

Dasturga allaqachon magistratura/PhD tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar ham ariza berishlari mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Government of Ireland Postgraduate Scholarship Programme dasturi dirasida tadqiqotchilarga 1-4 yil davomida (tadqiqot / oʻqish dasturi muddatiga qarab) yiliga 27 500 yevrogacha grant ajratiladi. Ajratilgan mablag’ quyidagicha taqsimlanadi:

  • Yiliga 18 500 yevro miqdorida stipendiya;
  • Barcha to’lovlar uchun yiliga 5750 yevrogacha miqdoridagi mablag’;
  • Tadqiqot olib borish uchun yiliga 3250 yevro miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar va saralash mezonlari quyidagicha:

  1. Nomzodlar uchun fuqarolikka oid cheklovlar yo’q.
  2. Nomzod magistratura yoki PhD tadqiqotchisi bo’lishi kerak.
  3. Nomzod Government of Ireland Postgraduate Scholarship Programme dasturi bilan hamkorlik qiluvchi oliygohlardan birida 2022-yili tadqiqotlarini boshlashi kerak.
  4. Nomzod mos ravishda bakalavr (magistratura uchun)/magistr (PhD uchun) darajasiga ega bo’lishi kerak.
  5. Nomzod yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak.
  6. Nomzod oʻzi tanlagan oliygoh qabul talablariga javob berishi kerak.
  7. Nomzod o’zi tanlagan yo’nalish bo’yicha ilmiy rahbar (supervisor) dan rozilik xati olishi kerak.
  8. Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.
  9. Nomzod oʻzida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga boʻlgan kuchli qiziqish namoyon etishi zarur.
  10. Nomzod tadqiqot olib borish uchun yetarli bilim, tajriba va imliy salohiyatga ega boʻlishi kerak.
  11. Nomzod Government of Ireland Postgraduate Scholarship Programme taklif etadigan faqat bitta grant dasturiga ariza berishi mumkin.
  12. Avval shu dastur bo’yicha g’lob bo’lgan nomzodlar grantga qayta ariza topshira olmaydilar.
  13. Dasturga ariza berishdan oldin nomzodga dastur talablari bilan yaqindan tanishib, talablarga mos kelishini aniqlab olishi tavsiya etiladi.

Grant shartlari: bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Government of Ireland Postgraduate Scholarship Programme dasturiga arizalar 2021-yil 21-oktyabrgacha BU YERDA havolasi orqali qabul qilinadi. Gantga topshiriladigan ariza namunasi bulan bu yerda tanishish mumkin.

Dastur ko’plab OTMlar bilan hamkorlik qilganligi sababli universitetga qabul talablari va kerakli hujjatlar ro’yxati tanlangan oliygoh, yo’nalish va bosqich talablaridan kelib chiqadi. Hamkor OTMlar ro’yxati bu yerda.

Muhim sanalar:

  • 2021-yil 2-sentyabrdan 21-oktyabrgacha: Arizalar qabuli davom etadi.
  • 2021-yil 4-noyabr: nomzodlarning ilmiy rahbaridan (supervisor) rozilik xati va tavsiya beruvchilardan tavsiyanoma olish muhlati tugaydi.
  • 2022-yil mart oyi oxiri: natijalar e’lon qilinadi.
  • 2022-yil 1-sentyabr: o’quv yili boshlanadi.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza
  2. Barcha bosqichlar diplomlari.
  3. Baholardan koʻchirma.
  4. CV/rezyume.
  5. Shaxsiy bayonot.
  6. Tadqiqot rejasi.
  7. Ilmiy rahbardan rozilik xati (namuna bu yerda).
  8. Tavsiyanoma (namuna bu yerda).
  9. Chet tilini bilish sertifikati.
  10. Barcha nashrlar ro’yxati.

Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi zarur.

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +353 1 231 5000

Fax: +353 1 231 5009

Email: info@research.ie

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!