×

EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; 4000 dollar stipendiya, safar xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.01.2025

QOLGAN VAQT

68 kun

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

11057 marta

Shveytsariyadagi Lozanna federal politexnika institutining (EPFL) Hayot haqidagi fanlar maktabi (School of Life Sciences) xalqaro talabalarga yozgi haq toʻlanadigan tadqiqot dasturini taklif etadi. Dastur ishtirokchilari 8 hafta davomida Jeneva yoki Lozanna shahridagi laboratoriyalardan birida tadqiqot guruhi tarkibida tadqiqot mashgʻulotlarida qatnashadi.

Dastur biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlar uchun ochiq.

Eslatma: Hayot haqidagi fanlar oʻz ichiga koʻplab sohalarni qamrab oladi, bu sohalar bilan BU YERDA tanishing.

Yozgi tadqiqot dasturi haqida qisqacha maʼlumot:

  • Har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.
  • 8 haftalik laboratriyadagi tajriba.
  • Ilmiy xodimlar tomonidan mentorlik.
  • Ilmiy seminarlarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Juma kungi ilmiy tadbirlar.
  • Yopilish marosimi.
  • Ijtimoiy mashgʻulotlarga boy dastur, jumladan, Alp togʻlariga bir kunlik sayohat, professorlar uyida barbikyu va CERN tashkiloiga ekskursiya.

Dasturga qabul har yili noyabr oyi oʻrtalarida ochiladi va 31-yanvargacha davom etadi. Tadqiqot dasturi odatda iyul va avgust oylarida boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Daturga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 2 oylik tadqiqot dasturi uchun jami 3400 CHF (taxminan 3930 AQSH dollari) stipendiya ajratiladi, bu turar joy va yashash xarajatlarini qoplaydi. Turar joy talabalar uchun oldindan band qilinadi va ijara haqi oldindan shu stipendiyadan toʻlanadi.
  • Shveytsariyada borish va qaytish xarajatlarining katta qismi qoplanadi. Xorijiy davlatlardan boruvchilarga 1000 CHF (taxminan 1160 dollar), qisqaroq masofadan boruvchilarga 500 CHF (taxminan 580 dollar) mablagʻ yoʻl xarajatlari uchun kompensatsiya sifatida beradi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Shveytsariyadan boshqa istalgan mamlakat fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod dastur boshlanishidan oldin kamida 2-kursni bitirgan bakalavriat talabasi va 1-kurs magistratura talabasi boʻlishi lozim.
  • Nomzod biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.
  • Oʻrtacha baho (GPA) 4 lik tizimda kamida 3,75 ball boʻlishi lozim. Bu 100 lik tizimda 94 ball degani.
  • Nomzod hayot haqidagi fanlar sohasida karyera qilishga kuchli qiziqishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Navnatdagi dasturga arizalar 2024-yil noyabr oyi oʻrtalaridan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi. Arizalar maxsus platforma orqali topshiriladi (platforma 2024-yil noyabr oyi oʻrtalarida ishga tushadi).

Nomzod ariza topshirishda 3 tagacha ishtirokchi laboratoriyani tanlashi mumkin. Laboratoriyalar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Onlayn ariza shaklida nomzoddan quyidagilarni topshirsh soʻraladi:

  • CV – 1-2 bet.
  • Motivatsiya xati (maksimal 750 soʻz).
  • Tanlangan 3 ta laboratoriyani tanlaganlik sababi haqida tushuntirish (tushuntirish har bitta laboratoriya uchun 2-3 gapdan iborat boʻlishi kerak).
  • Universitetda olingan baholar.
  • 2 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlari (ismi, ishlaydigan muassasasi va email manzili). Ulardan siz uchun tavsiyanoma berish soʻraladi.

Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL va hk) talab etilmaydi. Agar nomzodning ingliz tili darajasini tekshirish ehtiyoji paydo boʻlsa, nomzod bilan Zoom yoki Skype orqali suhbat qilinadi.

MUHIM: Ariza shaklini yarmini toʻldirgach, saqlab qoʻyib, keyinchalik davom ettirib boʻlmaydi. Bir marta kirganda birdan toʻldirish va topshirish lozim. Shu uchun yuqoridagi hujjat va maʼlumotlarning hammasini oldindan tayyorlab oling va keyin ariza topshirishni boshlang. Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Nomzodlar ariza shaklida topshirgan hujjat va maʼlumotlari asosida saralanadi. Oldin laboratoriyada faoliyat yuritish tajribasiga ega ekanlik ham tanlash jarayonida ijobiy taʼsir qiladi.

Nomozodlar qabul yakunlangach 3 hafta ichida qabul natijalari haqida email orqali xabardor qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp berildigan savollarga javoblarni diqqat bilan oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!