Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiya agentligi Oʻzbekiston fuqarolariga Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlash imkoniyatini taklif qilmoqda. “Globogate Recruiting GmbH” loyihasida ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolar uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan edi.
Shu munosabat bilan Agentlik tomonidan qayta eʼlon berilmoqda.
Nomzodlar uchun talablar:
- 39 yoshdan oshmagan boʻlishi;
- tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega boʻlishi;
- tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan boʻlishi (OMH bakalavr diplomi yuqori baholanadi);
- bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;
- Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
- nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;
- Toshkent shahridagi Gyote instituti imthonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;
Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
- Toshkent shahrida bepul turur joy;
- Oʻquv xonasi;
- Oylik stipendiya.
Shuningdek “Globogate Recruiting GmbH” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
- Nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
- Til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
- Hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
- Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
- Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga bepul aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
- Mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 300 yevrodan, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.
Yuqoridagi talablarga mos boʻlgan va dasturda ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolar BU YERDA roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 77, 88) yoki 1282 qisqa raqami.