×

Shaveytsariya: ETH Zurich universiteti magistrlik dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 24 ming dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.11.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

13571 marta

Shveytsariyada joylashgan ETH Zurich universiteti magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchilarga Excellence Scholarship & Opportunity Programme (ESOP) grant dasturini taklif etadi. Bu grant iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan boʻlib, ETH Zurich universitetidagi istalgan magistrlik dasturi uchun beriladi. Universitetda mavjud fakultetlar va ular taklif etadigan magistrlik dasturlari bilan BU YERDA tanishing.

Grantlar 2025-yil sentabrda boshlanadigan magistrlik kurslari uchun beriladi. Bu dastur doirasida taxmiman 60 nafar talabaga grant ajratiladi.

Maʼlumot uchun: ETH Zurich universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil avgust oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 7-oʻrinni egallab turibdi (QS reytinggi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar butun magistrlik dasturi davomida quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
  • Yashash va oʻqish xarajatlarini qoplash uchun semestriga 12 000 CHF (taxminan 14 000 AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Bakalavriatdagi oʻzlashtirish darajasi juda yaxshi boʻlishi kerak (nomzod bakalarlik dasturi talabalarning eng yaxshi 10 foizi tarkibiga kirishi kerak).
  • Magistrlik darajasiga ega boʻlmaslik yoki hozirga ETH Zurich universitetidagi magistrlik dasturi talabasi boʻlmaslik kerak.
  • CVda telefon qilib tushish mumkin boʻlgan telefon raqami koʻrsatilishi kerak. Saralash jarayonida 2025-yil fevral oylarida telefon suhbat / video suhbat boʻlishi ham mumkin.
  • Nomzod ETH Zurich universitetidagi magistrlik dasturlariga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.

Har bir magistrlik dasturining oʻz qabul talablari mavjud. Koʻpchilik magistrlik dasturlari ingliz tilida, baʼzilari nemis tilida oʻqitiladi. Aksariyat magistrlik dasturlarida oʻqish uchun ingliz tilidan ham, nemis tilidan ham C1 daraja (IELTS 7.0; TestDaF 4) talab etiladi. Magistrlik dasturlari talablari bilan BU YERDA kerakli fakultet va dasturni tanlab, sahifasiga kirish orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistrlik dasturlari va ESOP grantiga arizalar 2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda eApply tizimi orqali topshiriladi.

eApply tizimi orqali tanlagan magistrlik dasturi uchun kerakli hujjatlarni yuklashdan tashqari ESOP granti uchun magistrlik dissertatiyasining dastlabki taklifi (pre-proposal) ham yuklanadi. Dastlabki taklif qanday yozilishi haqidagi yoʻriqnoma bilan BU YERDA tanishing.

Magistrlik dissertatsiyaning dastlabki taklifi nomzodning oʻzi tomonidan yozilishi (ishlab chiqilishi) va ilmiy iqtibos keltirilgan holda rasmiylashtirilishi kerak. Plagiat, eʼtborsizlik oqibatida yoki qasddan notoʻgʻri maʼlumotlarni taklifga kiritish magistrlik dasturi va grantga arizangizning rad etilishiga sabab boʻladi. Agar qabul qilingandan keyin bunday holatlar aniqlansa, grant va magistraturaga qabul qilinganligingiz bekor qilinadi.

Shuningdek, agar ariza topshirgan magistrlik dasturingiz sizdan tavsiyanoma taqdim etishni soʻramagan boʻlsa, ESOP arizasi uchun 2 nafar tavsiya beruvchi kishini ham koʻrsatishingiz kerak boʻladi (magistratura dasturiga qabul jarayonida tavsiynoma taqdim etilgan boʻlsa, bu shart emas).

Magistraturaga qabul jarayoni, talablari va kerakli hujjatlar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Grant natijalari 2025-yil mart oyi oxirlarida eʼlon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!