AQSHda joylashgan Janubiy Kaliforniya universiteti tarkibidagi Axborot fanlari instituti malakali magistratura, PhD bosqichi talabalari va yuqori iqtidorli bakalavriat talabalariga haq toʻlanadigan yozgi tadqiqot amaliyot dasturini taklif etadi. Amaliyot institutning marina-delRey, Kaliforniya, Arlington, Boston (Uoltem), Massachesettsdagi iroalarida olib boriladi.
Amaliyotchilar bevosita katta tadqiqotchilar va ularning jamoadoshlari bilan birga ish olib boradi, maʼruza va taʼlim guruhlari mashgʻulotlarida qatnashish imkoniga ega boʻladi va boshqalarga mentorlik qilishlari ham mumkin boʻladi.
2022-yildagi amaliyot uchun quyidagi 6 ta tadqiqot sohasi boʻyicha amaliyotchilar taklif etilmoqda:
- Natural Language Processing
- Knowledge Technologies
- Machine Learning and Data Science
- Computing Systems and Technologies
- Internet and Networked Systems
- Cybersecurity Research and Experimentation
Tadqiqot sohalari bilan BU YERDA batafsil tanishish mumkin.
Yozgi amaliyot dasturi odatda 10-12 hafta davom etadi va may oyining oxirlarida boshlanadi. Shuningdek, amaliyot vaqtini belgilashda qabul qilingan talabalarning universitetidagi yozgi taʼtil vaqti ham hisobga olinadi.
Grant kimlar uchun?
Kamida 18 yosh boʻlgan bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Amaliyotga qabul qilingan talabalarga oylik maosh toʻlanadi. Maosh talaba amaliyot oʻtayotgan shahardadagi turar joy, oziq-ovqat va kundalik boshqa xarajatlarni toʻliq qoplash uchun yetarli boʻladi. Maosh miqdori amaliyot qaysi shaharda oʻtalishiga qarab farq qiladi va bu miqdor amaliyotga saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlarga yuboriluvchi taklif xatida koʻrsatiladi.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim. Til bilish darajasi uchun aniq talab belgilanmagan, biroq nomzodlardan ingliz tilida muloqot qila olish (ham yozma, ham ogʻzaki) talab etiladi.
- Istalgan davlat fuqarolari ushbu amaliyot dasturlariga ariza topshira oladi.
- Nomzodlar kamida 18 yosh boʻlishi lozim.
- Nomzod bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabasi boʻlishi lozim.
- Nomzod oʻzi tanlagan tadqiqot sohasi boʻyicha yetarli bilim, koʻnikma va ayrim hollarda tajribaga ega boʻlishi lozim.
- Aksariyat sohalarda dasturlash koʻnikmalriga ega boʻlish talab etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza topshirish muhlati tadqiqot sohalariga qarab farq qiladi. Eng yaqin muhlat Natural Language Processing tadqiqot sohasi uchun boʻlib, 2022-yil 28-yanvarda yakunlanadi. Qolgan sohalardagi amaliyot dasturlari uchun arizalar odatda 2022-yil mart oyi boshlarigacha qabul qilinadi.
Arizalar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi.
Ariza topshirish jarayonida nomzod 2 ta tadqiqot sohasini tanlashi mumkin (1 va 2-tanlov sifatida).
Ariza toʻldirishda tegishli savollarga javob berish bilan birga quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:
- Tadqiqotga boʻlgan qiziqish va undan oldigan manfaatlar haqida qisqa bayon (PDF formatda, maksimal 2 MB hajmda).
- CV. (PDF formatda, maksimal 2 MB hajmda).
- Kamida 1 nafar, koʻpi bilan 3 nafar tavsiya beruvchi shaxsning ism-familiyasi va kontakt maʼlumotlari. Bu shaxslarning elektron pochtasiga sizga tavsiyanoma berishni soʻrab email yuboriladi.
Shuningdek, amaliyot dasturi davomida amaliyotchilar AQSHda boʻlishi lozim. Hatto koronavirus tufayli amaliyot masofadan (onlayn) shaklda olib boriladigan boʻlib qolsa ham, amaliyotchining oʻzi AQSHda boʻlishi lozim.
AQSHdan boshqa davlatda oʻqiyotgan talabalar amaliyotga qabul qilinsa, ularga J-1 viza olishga yordam beriladi. Biroq nomzodlar J-1 vizani olish muddati qanchalik uzoqqa choʻzilishini hisobga olishi kerak (amaliyot boshlangunicha, yaʼni may oyi oxirlari yoki iyun oyi boshlarigacha J-1 vizasini olish kerak boʻladi). Nomzodlarga qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi.
AQSHda oʻqiyotgan xorijlik (F-1 vizaga ega) talabalar ushbu amaliyot dasturiga qabul qilinsa, ularga tashkilotchilar tomonidan OPT yoki CPT maqomini olishga yordam beriladi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin amaliyot dasturi haqidagi rasmiy eʼlonni batafsil oʻqib chiqing. Shuningdek, tadqiqot sohalari bilan batafsil tanishib, ulardan biri boʻyicha amaliyot oʻtash uchun bilim va koʻnikmalaringiz yetarli ekaniga ishonch hosil qilishingiz lozim.
Savollar yuzasidan intern-program@isi.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.