×

Science for Diplomacy: Qirgʻizistonda Suv siyosati boʻyicha tadqiqotchilar uchun 5 kunlik ilmiy seminar; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

16.02.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1671 marta

Dushanbedagi OSCE dasturi idorasi Bishkekdagi OSCE akademiyasi bilan hamkorlikda 6-marta oʻtkazilayotgan va suv siyosati tadqiqotlari sohasidagi yosh tadqiqotchilarga moʻljallangan “Diplomatiya uchun ilm-fan (Science for Diplomacy)” seminariga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu 5 kunlik ilmiy ishlar yozish boʻyicha seminarda asosiy diqqat suv resurslari menejjmenti va booshqaruvi masalalariga qaratiladi. Trening kursi 2022-yil 21-25-mart kunlari Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda joylashgan OSCE akademiyasida boʻlib oʻtadi. Trening kursidan keyin tanlab olingan nomzodlar uchun nashr qilish maqsadida oʻz tadqiqotini yozib tugatishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatiladigan 2 oylik mentorlik dasturida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi.

Seminar uchun jami 10 nafargacha (Markaziy Osiyodagi har bir davlatdan 2 nafardan) tadqiqotchi va akademik qabul qilinadi.

Ushbu dasturning maqsadi – mintaqadagi suv resurslari tadqiqoti, menejmenti va boshqaruvi masalalariga oid maqolalar uchun tadqiqot ishini yozishda Markaziy Osiyodagi ilmiy hamjamiyatni rivojlantirish.

Grant kimlar uchun?

Markaziy Osiyodagi istalgan oliy taʼlim/tadqiqot muassasasida magistr, PhD yoki postdoktorlik bosqichida tahsil olayotgan yoki shu bosqichlarni tamomlagan yoki professor assistenti yoki dotsent sifatida ishlayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminalanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod Markaziy Osiyodagi istalgan akkreditatsiyadan oʻtgan oliy taʼlim/tadqiqot muassasasida magistr, PhD yoki postdoktorlik bosqichida tahsil olayotgan yoki shu bosqichlarni tamomlagan yoki professor assistenti yoki dotsent sifatida ishlayotgan boʻlishi kerak.
  • Rivojlanish tadqiqotlari, siyosat va huquq fanlari, xalqaro tadqiqotlar, iqtisodiyot, muhandislik, atrof-muhit fanlari (ekologiya) va agronomiya yoki shularga oid sohada kuchli ilmiy va/yoki kasbiy tajribaga ega boʻlishi hamda ularning tadqiqotlari quyidagi mavzulardan biriga yoʻnaltirilgan boʻlish kerak:
    1) xalqaro, milliy, sub-milliy va mahalliy foydalanuvchilar darajasida suv resurlari boshqaruvi va siyosati;
    2) gidrologiya va suv resurslari boshqaruvi;
    3) drenaj va irrigatsiya;
    4) iqlim oʻzgarishi va falokatlar xavfini kamaytirish.
  • Ingliz tili yaxshi bilishi kerak.
  • Oʻz tadqiqotini amalga oshirgan va tadqiqot ishini yozish jarayonida boʻlish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 15-fevral, 17:00 gacha qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak boʻladi:

  • CV – ingliz tilida boʻlishi va 2 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak (maksimal 3 bet boʻlishi lozim).
  • Ingliz tilida yozilgan motivatsiya xati (maksimal 1 bet).
  • Nomzod amalga oshirgan tadqiqotning qisqa bayoni. Bayon tuzilishi quyidagicha boʻlishi kerak: kirish, material va metodlar, natijalar va muhokama (maksimal 2 bet).
  • Biror jurnal yoki konferensiyada nashr qilingan yoki nashr qilish uchun topshirilgan ingliz yoki rus tilidagi bitta maqola (bu hujjatni topshrish majburiy emas, ixtiyoriy).

Yuqoridagi hujjatlar 1 ta PDF faylga birlashtirilib, quyidagi email orqali Tahmina Jumabaevaga yuborilishi kerak: Tahmina.Jumabaeva@osce.org.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqida rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!