×

Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi kichik loyihalar uchun grantlar eʼlon qildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

4227 marta

CHOP ETILGAN

25.01.2022

Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi yil davomida Oʻzbekistondagi kichikroq miqyosdagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ular yordamida mavjud muammoli va qiyin vaziyatlarni bartaraf etishni koʻzlaydi.

Yordam moddiy tovarlar yoki qisqa muddatli taʼlim shaklida boʻlishi rejalashtirilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha kun tartibiga kiritilgan “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari” (SDG) doirasida ilgari surilgan loyihalar ishtirok etishi mumkin. Bunday loyihalar, masalan, qashshoqlik va ochlikka qarshi kurash, sogʻliq va farovonlik, sifatli taʼlim, gender tengligi va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Loyihalar 2022-yil ichida boshlanishi va yakunlanishi kerak.

Arizalar barcha nodavlat notijorat tashkilotlari va oʻzini oʻzi tashkil etgan guruhlar tomonidan topshirilishi mumkin.

Manfaatdor shaxslardan elchixonaning info@tasc.diplo.de elektron manziliga, erkin yozma (Word faylda) shakldagi ariza yuborishlarini va undagi loyihani asoslab berishlarini soʻraymiz. Arizada quyidagilar haqida maʼlumot berilishi kerak:

  • arizani kim topshirmoqda
  • va loyihada kimga, qanday holatda va qaysi shaklda yordam berilishi kerak
  • shuningdek, kutilayotgan umumiy xarajatlar haqida maʼlumot

Bundan tashqari, ariza beruvchi tashkilot yoki guruhdan oʻzini tanishtirish va qoʻllaniladigan loyihaning bir qismini oʻzi amalga oshirishi mumkinligini aytishi soʻraladi.

Elchixona ariza beruvchilarning eʼtiborini mavjud mablagʻlar cheklanganligiga qaratadi va shu sabab faqat bir nechta loyihalarni moliyalashtirishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!