Qayerda: Oʻzbekiston
Kim uchun: 40 yoshgacha boʻlgan bakalavr, magistra, doktorant va yosh tadqiqotchilar uchun
Ariza topshirish muhlati: 2022-yil 1-martgacha
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tomonidan talabalar (bakalavriat, magistratura), doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi eʼlon qilindi.
Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) qabul qilinadi:
- texnika va texnologiya;
- axborot texnologiyalari;
- tibbiyot;
- qishloq va suv xoʻjaligi;
- arxitektura va qurilish.
Ishlanmalar 2022-yilning 24-yanvaridan 1-martigacha qabul qilinadi.
Tanlovga 40 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga taqdim etilayotgan ishlanmalarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
- ilmiy yangiligi (qiyosiy tahlil);
- ishlanmaning dolzarbligi va qoʻllanish sohasi;
- texnik iqtisodiy tavsifi;
- ishlanmaga oid ilmiy ishlar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
- ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalari taqdim etiladi.
Tanlov gʻoliblari:
- 1-oʻrin uchun 30 000 000 (oʻttiz million) soʻm;
- 2-oʻrin uchun 20 000 000 (yigirma million) soʻm;
- 3-oʻrin uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻm pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga (nauka@edu.uz elektron manzili, telegram orqali: +9989977463721) taqdim etiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar (ishlanmalar) yetakchi olimlardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan mart-aprel oylari mobaynida koʻrib chiqiladi va tanlov gʻoliblarni joriy yilning may oyida eʼlon qilinadi.