×

“Germaniya va O‘zbekiston: 1992 – 2022 – 2052” nomli ijodiy tanlov; mukofot – noutbuk!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2063 marta

CHOP ETILGAN

23.02.2022

Asosiy maʼlumot

2022-yilda Germaniyaning Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bilan diplomatik aloqalari oʻrnatilganiga 30 yil toʻlgani munosabati bilan “Germaniya va O‘zbekiston: 1992 – 2022 – 2052” nomi ostida ijodiy tanlov eʼlon qilindi.

Tanlov ishtirokchilaridan quyidagi savollar ijodiy yondashib, oʻz fikrini bildirish soʻraladi:

Germaniyani qanday tasavvur qilishingizni hamda hamkorlikgimiz va diplomatik aloqalarimiz siz uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmoqchimiz. Germaniya bilan bogʻliq qanday tajribaga egasiz? – O’zbekistonning qayerida Germaniyani topish mumkin yoki nimalar sizga Germaniyani eslatadi? Sizningcha, Germaniya va O‘zbekiston qanday mavzularni birgalikda ilgari suradi? Nimadan umidvorsiz va kelgusi 30 yildagi hamkorlikni qanday tasavvur qilasiz?

Fikrni ifodalash qisqa metrajli film, videoklip, raqamli fotokollaj, she’r ko’rinishida bo’lishidan qat’i nazar – ifodalashga chegara qo’yilmaydi. Ishtirok etish uchun ijodin namunasi raqamli bo’lishi va 10 daqiqadan oshmasligi kerak.

Tanlov Germaniyaning Ashxobod, Bishkek, Yerevan, Dushanbe, Nur-Sulton va Toshkent shaharlaridagi elchixonalari bilan birgalikda o’tkaziladi. Tanlov o’tkazilayotgan davlatlar vakillari hamda joylardagi Germaniya elchixonalari vakillaridan tashkil topgan hay’at a’zolari tanlovning eng yaxshi ishini tanlab oladilar. G‘olib mahalliy elchixonaga taklif qilinadi va ijodiy ishlar diplomatik munosabatlarning 30 yilligi doirasida Berlinda bo‘ladigan ko‘rgazmada namoyish etilishi mumkin.

Mukofot

Tanlov gʻolibi noutbuk bilan taqdirlanadi.

Tanlov shartlari

Tanlov shartlari va ishtirokchilarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Ijodiy ishlar yakka tartibda yoki guruh bo’lib bajarilishi mumkin (guruh ham keyingi oʻrinlarda ishtirokchi deb yuritiladi).
  • Har bir ishtirokchi faqat bir dona ishni taqdim qilishi lozim
  • Ishtirokchining yoshi 30 dan oshmagan bo’lishi lozim
  • Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O’zbekistonda rasmiy yashash joyi manziliga ega bo’lgan barcha millat vakillari qatnasha oladi.
  • Ijodiy ish til orqali ifoda etilsa, bu Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining bir yoki bir nechta rasmiy tillari, nemis yoki ingliz tili bo’lishi kerak
  • Taqdim etilgan barcha ishlar faqat va eksklyuziv tarzda tanlov uchun yaratilgan va shuning uchun boshqa mualliflik huquqiga ega emas.
  • Ishtirokchi buyurtmachi bo’lmish Federal Tashqi ishlar vazirligini uchinchi tomonning mualliflik huquqi yoki foydalanish huquqi borasidagi buyurtmachiga nisbatan bo’lgan har qanday da’volaridan ozod qiladi.
  • Federal Tashqi ishlar vazirligi ijodiy ishni texnik talablarga moslashtirish huquqini o’zida saqlab qoladi (masalan, subtitrlar qo’shish). Katta o’zgarishlar kiritilsa, ishtirokchi bilan maslahatlashiladi.
  • Federal Tashqi ishlar vazirligi yubileyning raqamli va jismoniy brendi bo’lmish g’olibning ijodiy ishiga nisbatan kelajakdagi barcha huquqlarga ega. Bu esa egalik litsenziya to’lovlari yoki boshqa kompensatsiya da’volarisiz amalga oshadi. Federal Tashqi ishlar vazirligi hududiy va vaqt bilan chegaralanmagan eksklyuziv foydalanish huquqini oladi.

Ishlarni topshirish jarayoni

Tanlovga ishlar 2022-yil 11-martgacha qabul qilinadi.

Ishlarni topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Dastlab, BU YERDAN ariza shakli yuklab olinadi (hujjatning 4-betida) va toʻldiriladi. Soʻng ariza shakli ijodiy ish va ishtirok uchun zarur barcha hujjatlar yuklangan yagona elektron xatga ilova qilingan holda be-creative@opendiplo.de elekton pochta manziliga yuborilishi kerak.
  • Ijodiy ishning hajmi 20 MB dan oshmasligi kerak.
  • Ijodiy ishda ishtirokchining ismi-sharifi va qaysi mamlakatdan ekanligi qayd etilishi lozim.
  • Barcha arizalar 2022 yil 11–mart, juma kuni soat 23:59 (UTC +5) gacha topshirilishi lozim.

G’olibning ismi 2022 yil 11-aprelda Germaniyaning elchixonasi Twitter sahifasida @germanyinuz, shuningdek elchixonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Tanlov qoidalari bilan BU HUJJATDA toʻliq tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi
Madaniyat va matbuot bo’limi
Sh. Rashidov ko´ch. 15
100017 Toshkent
Tel.: +99878 120 84 40/+99878120 84 26
E-mail: ku-101@tasc.diplo.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!