×

Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

22823 marta

CHOP ETILGAN

29.05.2024

Ushbu maqola 2024-yil may oyidagi maʼlumotlar asosida yangilangan.

Bugun oʻqish bepul bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Yaponiyaning Okinava prefekturasida joylashgan OIST Graduate University haqida maʼlumot beramiz.

2011-yilda tashkil topgan ushbu xususiy taʼlim muassasasi faqatgina PhD dasturlarni taklif qiladi. Odatda yiliga butun dunyodan 60 nafar PhD talabalar qabul qilinadi. Taʼlim jarayoni toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Imtiyozlar

Universitetga qabul qilingan barcha talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.
  • Yashash xarajatlari uchun yiliga 2 million 400 ming yen (taxminan 15 260 AQSH dollari) stipendiya beriladi.
  • Okinavaga borib joylashish uchun yordam puli ajratiladi.
  • Shaxsiy kompyuter beriladi.
  • Konferensiyalarga borish va ularda qatnashish xarajatlari qoplanadi.

Sohalar

PhD talabalari oliygohda quyidagi sohalarda tadqiqot olib borishi mumkin:
– Neuroscience
– Physics
– Chemistry
– Mathematical and Computational Sciences
– Molecular, Cellular, and Developmental Biology
– Environmental and Ecological Sciences
– Marine Science

Universitetda mavjud kurslar roʻyxati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Talablar

Nomzodlardan bakalavriat va magistraturani tamomlagan boʻlish talab etiladi. Shuningdek, ayni damda bakalavriat yoki magistraturada oʻqiyotgan va oʻqish boshlanguniga qadar bakalavriat/magistraturani bitiradigan nomzodlar ham hujjat topshira oladi.

Shuningdek, nomzodlar IELTS yoki TOEFL sertifikati ham topshirishi kerak. Bu sertifikatlar uchun minimal ball belgilanmagan. Ariza topshirish vaqtida til sertifikatiga ega boʻlmaganlar eng yaqin IELTS/TOEFL imtihoniga roʻyxatdan oʻtib, roʻyxatdan oʻtganlik holatini PDF shaklida ariza topshirish tizimiga yuklab turishi mumkin. Keyinchalik imtihon natijalari chiqqach, sertifikat nusxasini admissions@oist.jp elektron pochtasiga yuborish kerak.

Qabul

Yiliga 2 marta qabul boʻladi: noyabr oyi oʻrtalarigacha (bahorgi semestr uchun) va mart oyi oxirlarigacha (kuzgi semestr uchun). Hozirda (2024-yil 29-may holatida) eng yaqin qabul uchun ariza topshirishning oxirgi muddati – 2024-yil 15-noyabr.

Qabul jarayonida quyidagi hujjatlarni topshirish soʻraladi:

– Bakalavrlik va magistrlik diplomlari va ularning ilovalari (hali magistraturani tugatmaganlar oʻqiyotganligi haqida maʼlumotnoma va hozirga qadar olgan baholarini topshiradi).
– 400 soʻzdan oshmagan bayonot. Bunda nomzodning ilmiy qiziqishlari, universitetda oʻqishdan nimalarni olishni kutayotgani kabi masalalar yoritiladi.
– Pasport.
– Tavsiyanoma.
– Ingliz tili sertifikati (IELTS yoki TOEFL) yoki IELTS/TOEFL imtihoniga roʻyxatdan oʻtganligini tasqidlovchi hujjat.

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Universitetga hujjat topshirish bepul (ariza badali yoʻq).

Qabul, kerakli hujjatlar, sanalar haqida batafsil maʼlumot olish uchun BU YERGA kiring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!