×

“Ozon qatlami va hayot” nomli ilmiy maqolalar tanlovi; 4 nafar gʻolib noutbuklar bilan taqdirlanadi!


Grant

MUHLAT

01.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2969 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamgʻarmasi qoʻshma loyihasi doirasida “Ozon qatlami va hayot” deb nomlangan xalqaro ilmiy maqolalar tanlovini eʼlon qilindi. Bu tanlov ozon qatlamini muhofaza qilishga bagʻishlangan.

Tanlovga dunyoning istalgan davlatida ozon qatlamini muhofaza qilish, sovutish va havoni konditsionerlash sohasi boʻyicha tahsil olayotgan/tadqiqot olib borayotgan bakalavr, magistr va doktorantlardan ilmiy maqolalar qabul qilinadi.

Tanlov quyidagi 2 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:

  1. Markaziy Osiyo boʻyicha eng yaxshi ilmiy maqola.
  2. Dunyo boʻyicha eng yaxshi ilmiy maqola.

Maqolalar ingliz yoki rus tilida boʻlishi lozim. Tanlovga ozon qatlami yemirilish muammosi va uning oqibatlarini yumshatish yuzasidan amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga olgan ilmiy maqolalar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda har bir nominatsiya boʻyicha 2 nafardan (1 nafar ayol, 1 nafar erkak) gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblarning har biri noutbuk bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi qatnashishi mumkin.
  • Dunyoning istalgan davlatida joylashgan akkreditatsiyadan oʻtgan OTMda ozon qatlamini muhofaza qilish, sovutish va havoni konditsionerlash sohasida tahsill olayotgan/tadqiqot olib borayotgan bakalavr, magistr va doktorantlar qatnasha oladi.

Maqolaga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Maqola ingliz yoki rus tili boʻlishi hamda uning annotatsiyasi (abstrakti) aks tilda yozilishi kerak. Masalan, maqola ingliz tilida boʻlsa, annotatsiya rus tilida boʻlishi yoki aksincha boʻlishi kerak.
  • 8000 soʻzdan oshmasligi kerak; adabiyotlar roʻyxati soʻzlar sonini hisoblashda inobatga olinmaydi.
  • Maqola 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-iyulgacha boʻlgan vaqt oraligʻida veb-platformalar yoki ilmiy nashrlarda chop etilgan boʻlishi / chop etilishi kerak.

Maqolani baholash mezonlari haqida quyidagi havolalar orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin (sahifa oxirida):

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2022-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi. Arizalar rus yoki ingliz tilida qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun yuqorida koʻrsatilgan sanagacha quyidagilarni ozone.o3.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish lozim:

  • Toʻldirilgan ariza shakli. Ariza shaklini yuklab oling:
    Rus tilida
    Ingliz tilida
  • Veb-platformada chop etilgan maqolaga havola yoki qogʻoz shaklidagi ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolaning skanerlangan nusxasi.

Taqdirlash marosimi 2022-yil 16-sentabrda boʻlib oʻtadi.

MUHIM: Tanlovda qatnashish uchun dastlab rasmiy eʼlon va tanlov shartlari bilan batafsil tanishib chiqing:

Savollar yuzasidan ozone.o3.uz@gmail.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!