×

Qirgʻiziston: Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari va universitet talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan ochiq suhbat!


Grant

MUHLAT

21.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2255 marta

C+1 Youth Council tashabbusi “Open Talks on Transport Connectivity in Central Asia and Afghanistan” mavzusida ochiq suhbat tashkillashtirmoqda. Suhbat 2022-yil 28-29-may kunlari Qirgʻizistonning Osh shahrida, ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar logistik hamda transport qanday qilib Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda iqtisod, biznes va investitsiya sohalarini tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkinligi haqidagi tushunchalarini kengaytirish imkoniga ega boʻladi.

Tadbir mashgʻulotlarini Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan boʻlgan yetakchi ekspertlar boshqaradi. Bu tadbirda yoshlar, faollar, kompaniyalar va xususiy sektor vakillari hamda hukumat rasmiylari ham qatnashadi, shu sababli ishtirokchilar ushbu ochiq suhbat orqali oʻz bilimlarini oshirish imkoniga ega boʻladi.

Barcha ishtirokchilar tadbir oxirida mikro-grantni qoʻlga kiritish uchun oʻzlarining loyiha gʻoyalarini topshiradi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi logistika va transport boʻyicha  maqola yozgan 5 nafar yosh tadqiqtchi/ishtirokchi ham ushbu tadbirga qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari va universitet talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Safar xarajatlari qoplanadi. Oʻzbekistondan boradigan ishtirokchilarga Namangan yoki Toshkentdan Oshga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi. Namangan yoki Toshkentgacha borish va bu shaharlardan qaytish xarajatlarini ishtirokchining oʻzi qoplashi kerak.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
  • Eng yaxshi deb topilgan loyiha gʻoyasini tatbiq etish uchun mablagʻ (mikro-grant) ajratiladi.

 

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Maktabning yuqori sinf (10 va 11-sinf) oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari va OTM talabalari ariza berishi mumkin.
  • Ingliz tilida muloqot qila olish lozim (til sertifikatiga ega boʻlish talab etilmaydi).
  • Markaziy Osiyo va Afgʻnistonda logistika hamda transportni rivojlantirish mavzusiga qiziqish lozim.
  • Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston fuqarolari ariza berishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Qirgʻiziston fuqarosi boʻlmagan nomzodlardan arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 20-may, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Qirgʻiziston fuqarolari esa arizalar Qirgʻiziston vaqti bilan 2022-yil 24-may, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Tadbir mavzusiga oid yosh tadqiqotchilar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 20-may, 22:59 gacha ariza topshirishi lozim.

Arizalar onlayn tarzda quyidagi havolalar orqali qabul qilinadi (diqqatli boʻling, boshqa ariza shaklini toʻldirib qoʻymang):

  • Qirgʻiziston fuqarosi boʻlmagan nomzodlar BU YERDAGI arizani toʻldiradi.
  • Qirgʻiziston fuqarosi boʻlgan nomzodlar BU YERDAGI arizani toʻldiradi.
  • Tadbir mavzusiga oid maqola yozgan yosh tadqiqotchi sifatida qatnashmoqchi boʻlganlar BU YERDAGI arizani toʻldiradi.

Savollaringiz boʻlsa, maxsus telegram guruhda soʻrab olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!