×

Women Deliver xalqaro konferensiyasi uchun toʻliq grant; konferensiyada oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin!


Grant

MUHLAT

01.10.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ruanda

O'QILGAN

7224 marta

Women Dilver xalqaro konferensiyasi kengroq, kuchliroq va xilma-xil ishtirokchilarga ega gender tengligi harakatini shakllantirish, ayol-qizlarga taʼsir qilayotgan eng muhim masalalar, jumladan, gender asosidagi zoʻravonlik, haq toʻlanmaydigan parvarish ishi, iqlim oʻzgarishi kabilar hamda ularning yechimini muhokama qilish maqsadida oʻtkaziladi.

Navbatdagi konferensiya 2023-yil 17-20-iyul kunlari Ruandaning Kigali shahrida boʻlib oʻtadi. Konferensiyaga oflayn tarzda ham, onlayn tarzda ham qatnashish mumkin.

Konferensiyada qatnashish uchun istalgandan davlatdan boʻlgan ayol-qizlar ariza berishi mumkin.

Konferensiyada turli sohada faoliyat yurituvchi ayollar huquqlari himoyachilari, qaror chiqarish lavozimlarida ishlaydiganlar, hukumat va nohukumat tashkilotlar vakillari, jurnalistlar, yoshlar, filantroplar va boshqalar ishtirok etadi.

Konferensiyada qatnashish pullik (oflayn qatnashish – 500-850 dollar; onlayn qatnashish – 30-200 dollar), biroq nomzodlar uchun toʻliq grantllar taklif etiladi.

Konferensiya ingliz tilida olib boriladi hamda fransuz va ispan tiliga tarjima ham taʼminalandi.

Grant kimlar uchun?

Ayollar huquqlari, gender tengligi masalalariga qiziquvchi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada qatnashish uchun grant yutib olganlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

Oflayn tarzda (Ruandaga borib) qatnashuvchilar uchun imtiyozlar:

  • Roʻyxatdan oʻtish bilan bogʻliq barcha toʻlovlar qoplanadi.
  • 2022-yil 17-20-iyul kunlari mehmonxonadan bepul xona ajratiladi.
  • Borish va qaytish uchun ekonom-klass aviachiptalar taqdim etiladi.
  • Viza va uni olish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi.
  • Ichki transport va kundalik oziq-ovqat uchun kunlik mablagʻ beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Yordamchi shaxs bilan birga safar qiluvchi nogironligi boʻlgan ishtirokchilar yoki nazoratchi bilan birga safar qiluvchi voyaga yetmaganlar (18 yoshdan kichiklar) uchun ular bilan birga keluvchi shaxs xarajatlari ham qoplanadi.

Onlayn tarzda ishtirokk etuvchilar uchun imtiyozlar:

  • Roʻyxatdan oʻtish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.
  • Internet/texnologiyadan foydalanish uchun stipendiya beriladi.

Talablar:

Grantga ariza berish uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Grantlar grantsiz ushbu konferensiyada ishtirok etish xarajatlarini qoplay olmaydigan nomzodlarga ajratiladi. Onlayn ishtirok uchun ham, oflayn ishtirok uchun ham grant olish mumkin.
  • Kelib chiqishi va yoshidan qatʼi nazar, har qanday nomzod grantga ariza berishi mumkin.
  • Aholi daromadi quyi yoki oʻrta boʻlgan davlatlar fuqarolariga grant ajratishda ustunlik beriladi (Oʻzbekiston shunday davlatlar roʻyxatida bor).
  • Bundan oldin Women Deliver konferensiyasida qatnashish uchun grant yurib olmagan ishtirokchilarga ham ustunlik beriladi.
  • Ajratilgan grantni qabul qilgan ishtirokchi konferensiyaga toʻliq qatnashish, konferensiyaning Axloq kodeksiga rioya qilish va konferensiyadagi tajribasini boshqalarga ulashish (biror tadbir tashkillashtirish, blog yozish, ijtimoiy tarmoqda postlar ulashish, video yaratish va h.k.) masʼuliyatini zimmasiga oladi.
  • Ingliz, ispan yoki fransuz tilini bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Konferensiya uchun ham, grantlar uchun ham arizalar 2022-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Grant uchun arizani BU YERDA toʻldirish mumkin. Arizada shaxsiy maʼlumotlarni kiritish va soʻralgan savollarga javob yozish kerak. Arizalarni ingliz, fransuz yoki ispan tilida topshirish mumkin.

Grant arizasini toʻldirishda quyidagi savollarga berilgan javoblar muhim hisoblanadi va grant ajratishga ularga aʼlohida eʼtibor qaratiladi:

  • What skills, knowledge, or experiences do you hope to gain by attending WD2023? (max. 150 words)
  • Can you provide 2-3 specific examples of the activities you have/ are currently carrying out to make a difference on issues affecting girls and women? (e.g., professional, academic, or volunteer projects) (max. 150 words)
  • How do you plan to meaningfully engage with your community and/or government after attending the Conference? How will you apply what you gain from attending WD2023 to your work? (max. 150 words)

Grantga ariza berganlarning natijalari 2022-yil yanvar oyida eʼlon qilinadi.

Konferensiyaning oʻziga esa BU YERDA roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan USHBU SAHIFA oxiridagi murojaat shakli orqali murojaat qilishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va savol-javoblarni toʻliq oʻqib chiqing.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!