×

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi talabalar uchun grant eʼlon qildi: 1 yillik toʻlov-shartnoma puli toʻlab beriladi


Grant

MUHLAT

30.09.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5979 marta

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun grant tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda bakalavrlar (1-bosqich bakalavrlardan tashqari) va magistrlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda quyidagi yoʻnalishlarga ustunlik beriladi:

  • Boshqaruv
  • Qayta tiklash va konservatsiya
  • Meʼmorchilik
  • Madaniy turizm
  • Grafik dizayn
  • Tasviriy sanʼat
  • Muzeyshunoslik
  • Raqs sanʼati
  • Boshqaruv

Arizalarni oʻzbek yoki rus tilida topshirish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Talabaning 1 yillik toʻlov-shartnoma puli toʻlab beriladi.
  • Gʻoliblar tegishli taʼlim darajasini (bakalavr/magistr) olgandan soʻng uch oy muddatda madaniyat va sanʼat sohasidagi muassasalarga Jamgʻarma stipendiya qoʻmitasining qaroriga binoan ishga joylashtiriladi. Ishlash muddati: kamida bir yil.

Talablar:

Tanlov talablari va shartlari quyidagicha:

  • Tanlov ishtirokchisi ariza topshirish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurti talabasi boʻlishi shart.
  • 1-bosqich bakalavriat talabalari tanlovda qatnasha olmaydilar.
  • Tanlov ishtirokchilari bir vaqtning oʻzida bir necha grant dasturlari gʻolibi boʻla olmaydilar.
  • Avvalgi yillardagi grant dasturi gʻoliblari dasturda takroran qatnasha olmaydilar.
  • Nomzod taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, Jamgʻarma tanlov natijalarini uning istalgan bosqichida bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
  • Grant dasturi gʻoliblari Jamgʻarma bilan hamkorlik qiladilar va butun oʻqish davomida Jamgʻarma tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarga koʻngilli sifatida jalb etilishlari mumkin.
  • Grant dasturi gʻoliblari tegishli taʼlim darajasini (bakalavr/magistr) olgandan soʻng uch oy muddatda madaniyat va sanʼat sohasidagi muassasalarga Jamgʻarma stipendiya qoʻmitasining qaroriga binoan ishga joylashtiriladi. Ishlash muddati: kamida bir yil (kamida 1 yil ishlab berish majburiy).

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ariza topshirish 2 bosqichda amalga oshirladi.

1-bosqich. Bunda talabalar 2022-yil 20-sentabrga qadar grant dasturiga tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari lozim. Buni ushbu havola orqali amalga oshirish mumkin. Arizani to‘ldirish va unga hamroh hujjatlarni taqdim etishga doir barcha bandlar majburiydir. Jamg‘arma tomonidan belgilangan tanlovda ishtirok etish uchun shaxsiy ariza namunasi bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin: ariza (o‘zbek tilida) yoki ariza (rus tilida).

2-bosqich. Tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtgan nomzodlar 2022-yil 5-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi binosida boʻlib oʻtadigan shaxsan yuzma-yuz suhbatga taklif etiladilar.

Nomzodni tanlash mezonlari:

  • akademik oʻzlashtirish;
  • ilmiy va tadqiqot ishlari;
  • umumiy dunyoqarash;
  • tahliliy qobiliyat;
  • tashkilotchilik qobiliyati;
  • rivojlanish uchun motivatsiya;
  • tanlagan ixtisoslikning ahamiyati va afzalliklari hamda uning mamlakat madaniyati va sanʼati sohalarini rivojlantirishdagi oʻrnini anglash.

Tanlovning umumiy jadvali:

  • 30.09.2022 gacha — arizalarni qabul qilish
  • 10.10.2022 gacha — birinchi bosqich talabnomalarini koʻrib chiqish
  • 13.10.2022 — birinchi bosqich natijalarini eʼlon qilish
  • 18.10.2022 — suhbat
  • 21.10.2022 — tanlov natijalarini sarhisob qilish
  • 24.10.2022 — gʻoliblarni eʼlon qilish

Tanlov natijalari eʼlon qilingandan soʻng 10 ish kuni ichida gʻoliblar bilan shartnoma tuziladi. Yillik shartnoma qiymatiga teng grant 2022-yilning 10-noyabriga qadar stipendiya sohibi tahsil olayotgan universitetning hisob raqamiga oʻtkaziladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!