O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan “PhD sari qadam” mavzusidagi o‘quv-kursini eʼlon qildi.
O‘quv-seminar tashkil etilishidan maqsad: Iqtidorli va ilmiy tadqiqot ishlari bilan yuqori natijalarga erishayotgan xotin-qizlar faoliyatini rivojlantirish hamda ularning faoliyat jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini yanada mustahkamlash.
O‘quv kursi davomida yosh tadqiqotchilarga quyidagi yo‘nalishlardagi bilim, ko‘nikma, malakalari oshiriladi:
- IMRAD uslubida ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- Ishni rejani tuzish, ilmiy tadqiqot ishi asosnomasini shakllantirish tartibini o‘rganish;
- Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
- Ilmiy bazalarda o‘z ishini targ‘ib qilish;
- Xalqaro va mahalliy ilmiy loyihalarni yozish mexanizmini tadqiq qilish;
- Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar bazasidan to‘g‘ri foydalana olish, iqtibos keltirishning ilmiy shakllarini o‘rganish;
- Phd, D.Sc dissertatsiyalarini yozishdagi xatoliklarni tahlil qilish.
O‘quv kursida ishtirok etish uchun ro‘yhatdan o‘tgan nomzodlar orasidan eng kuchli 30 nafar tadqiqotchi suhbat asosida saralab olinadi. Saralab olingan nomzodlar bilan 2 oy davomida haftasida 2 martadan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quv kursi ishtirokchilarining amaliy faoliyat natijalari, yutuqlari, xalqaro Scopus hamda OAK taassurifidagi ilmiy, mahalliy hamda xalqaro jurnallarda nashrga berilayotgan maqolalari haqida ma’lumotlar kursning natijaviyligi sifatida yoritilib boriladi.
Kurs yakunida soha mutaxassislari bilan birgalikda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati taqdimoti amalga oshiriladi.
Arizalar 2022-yil 2-oktabrgacha onlayn shaklda BU YERDA qabul qilinadi.
Savollar yuzasidan rasmiy sahifadagi xabar shakli orqali murojaat qilishingiz mumkin.