×

UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.02.2025

QOLGAN VAQT

70 kun

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

7149 marta

UTokyo Amgen Scholars dasturi Yaponiyaning 1-raqamli oliygohi – Tokio universiteti tomonidan taklif etiladigan amaliyot va tadqiqot dasturidir.

Dastur 8 haftalik biotibbiyot tadqiqot tajribasidan iborat boʻlib, biologiya yoki biologiyaga oid fanlar sohasida karyera qilishni va shu sohalarda bakalarviatdan keyingi taʼlimni davom ettirishni moʻljallayotgan bakalavriat talabalari uchun tashkil etilgam.

Navbatdagi amaliyot dasturi 2025-yil 5-iyudan 7-avgustgacha davom etadi. Dasturga dunyoning turli davlatlaridan taxminan 10 nafar talaba qabul qilinadi.

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi. Nomzodlar amaliyot uchun mavjud tadqiqot mavzulari/sohalaridan birini tanlashi kerak boʻladi. Tadqiqot mavzulari/sohalarini BU YERDAN topasiz (Host Labs and Project Topics).

Dastur yakuniga qadar ishtirokchilar tadqiqot oʻtkazishga oid bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi. Shuningdek, turli davlatlardan boʻlgan talabalar bilan xalqaro doʻstlik aloqalari oʻrnatiladi.

8 hafta laboratoriyada oʻtkaziladigan amaliyot/tadqiqotdan tashqari, dastur quyidagi mashgʻulotlar va imkoniyatlarni ham oʻz ichiga oladi:

  • Talabalar tanishishi va muhokamalar olib borishi mumkin boʻlgan maxsus seminar hamda seanslar.
  • Kutubxona, salomatlik markazi va sport zali kabi universitetdagi muassasalardan foydalanish imkoniyati.
  • Yapon madaniyati tadbirlari.
  • Ekskursiyalar va boshqalar.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Bepul turar joy.
  • Butun dastur uchun 270 000 JPY (taxminan 1764 AQSH dollari) miqdorida stipendiya.
  • Yaponiyaga borish-kelish uchun ekonom-klass aviachiptalar.

Salomatlik va safar sugʻurtasi xarajatlarini talabalarning oʻzi qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlardan birida bakalavr darajasi yoki shunga teng darajani beradigan oliy taʼlim muassasida tahsil olayotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.
  • 2025-yil yozida amaliyot dasturi boshlangan vaqtda bakalavriatning kamida 1-bosqichini yakunlagan boʻlish lozim.
  • Amaliyot tugagandan keyin oʻzi oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasida kamida 1 semestr oʻqishini davom ettirishi kerak.
  • PhD dasturida oʻqishga qiziqishga ega boʻlish kerak.
  • Universitetda olgan baholari imkon qadar yuqori boʻlishi lozim.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak. Nomzodlardan quyidagi til sertifikatlardan birini topshirish talab etiladi: TOEFL (iBT) 72, IELTS 5.5, Cambridge English FCE, TOEIC 1095, TOEIC L&R 785 yoki TOEIC S&W 310.

Shuningdek, har bir tadqiqot mavzusi/sohasi boʻyicha ham maxsus talablar mavjud. Ular bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (Host Labs and Project Topics).

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi. Arizalar maxsus platforma orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab TAO tizimida roʻyxatdan oʻtib, hisob (Account) yaratishingiz kerak. Hisobdagi ism-familiya xorijga chiqish pasportingizda (yoki boshqa shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatda) koʻrsatilgan qonuniy ism-familiyangiz bilan bir xil boʻlishi lozim.

Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

  • Rasm (4,5 x 3,5 oʻlchamli) – JPEG.
  • Pasport yoki ID kartaning skanerlangan nusxasi.
  • Universitetda olingan baholar.
  • Ingliz tili sertifikati. Quyidagilardan biri: TOEFL (iBT) 72, IELTS 5.5, Cambridge English FCE, TOEIC 1095, TOEIC L&R 785 yoki TOEIC S&W 310.
  • CV (maksimal 500 soʻzdan iborat).
  • Tavsiyanoma. Tavsiyanoma uchun 2 nafar shaxsning kontaklari va maʼlumotlarini taqdim etish kerak. Ularga tavsiyanoma berish haqida email yuboriladi.

MUHIM: Yuqorida sanalgan hujjatlar qanday tayyorlanishi boʻyicha koʻrsatmalar bilan tanishish zarur. Bu uchun BU YERGA kiring (“Application” boʻlimini ochib, oʻqib chiqish kerak).

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim. Yuqoridagi hujjatlar tayyorlab olingandan keyin, onlayn ariza toʻldirilib, topshiriladi.

Eslatma: Nomzodlar ariza topshirish uchun mavjud tadqiqot mavzulari/sohalaridan birini tanlashi kerak. Tadqiqot mavzulari/sohalarini BU YERDAN topasiz (Host Labs and Project Topics).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: amgenscholars.adm@gs.mail.u-tokyo.ac.jp. Biroq eʼtibor bering: murojaatlar soni juda koʻp boʻlgani sababli xodimlar birinchi boʻlib rasmiy sahifada javob berilmagan savollarga javob beradi. Soʻralgan savol rasmiy sahifadagi tez-tez soʻraladigan savollarga (Frequently Asked Question) javoblar orasida boʻlsa, ung javob berilmasligi mumkin. Shu sababli murojaat qilishdan oldin rasmiy sahifadagi tez-tez soʻraladigan savollarga javoblarni oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!