Toshkentdagi Amerika markazi (American Center Tashkent) Xalqaro taʼlim kuniga bagʻishlab insholar tanlovi eʼlon qildi. Bunda nomzodlardan ingliz tilida “Technology in Education” mavzusida insho yozish soʻraladi.
Tanlov doirasida 5 ta eng yaxshi insho mualliflari taqdirlanadi.
Grant kimlar uchun?
Oʻzbekistonda yashayotgan barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
5 nafar gʻolib Toshkentdagi Amerika markazi brendiga ega kapyushonli kiyim (hoodie) bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Tanlovda qatnashish shartlari va talablari quyidagicha:
- Faqat Oʻzbekiston rezidentlari (Oʻzbekistonda yashovchilar) qatnashishi mumkin.
 - Insho ingliz tilida va “Technology in Education” yozilishi kerak.
 - Soʻzlar soni 500 tadan oshib ketmasligi kerak.
 - Bitta ishtirokchi faqat bitta insho topshirishi mumkin.
 - Insho avval hech qayerda chop etilmagan/joylanmagan boʻlishi kerak.
 - Plagiat ishlar qabul qilinmaydi/tanlovdan chetlatiladi.
 
Insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Mavzuni tushunganlik
 - Mavzuga nisbatan orginal fikrlagandik
 - Shaxsiy qarashni samarali ifoda qilish
 - Adabiy uslub, grammatika va imlo
 
Dasturga qabul jarayoni:
Insholar 2023-yil 7-fevral, tushki 12:00 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi. Nomzodlar arizada soʻralgan shaxsiy maʼlumotlarini kiritishi va inshosini yozishi kerak.
Tanlov natijalarni 2023-yil 10-fevral kuni Toshkentdagi Amerika markazining ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.


            

