×

Fargʻona vodiysida qishloq korxonalarini rivojlantirish boʻyicha startaplarni jadallashtirish dasturi – 20 ming dollargacha sarmoya olish mumkin


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1108 marta

CHOP ETILGAN

27.01.2023

Innovatsion rivojlanish agentligi (agentlik), Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Fargʻona vodiysida qishloq korxonalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida startaplarni akseleratsiya (jadallashtirish) dasturiga tanlov eʼlon qildi.

Ushbu tanlov kompaniyalarga biznesni rivojlantirishdan to pitching (investorlarni jalb qilish uchun vizual taqdimot) gacha boʻlgan barcha sohalarni qamrab oluvchi yangi tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish va xalqaro muhitda qoʻllaniladigan ilgʻor tajribani oʻrganish borasida qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi.

Buning uchun, ikkita ochiq tanlov oʻtkaziladi, akseleratsiya dasturi esa umumiy hisobda 100 biznes-gʻoyani qoʻllab-quvvatlaydi. Har bir ochiq tanlov arizachilar uchun 2 oyga yaqin vaqt davomida oʻtkaziladi va dastur maksimal 6 oy mobaynida davom etadi. Bu davrda tanlab olingan startaplar jamoalari innovatsion startap-loyihalarni amalga oshirish asoslarini oʻrganadi, oʻz farazlarini sinovdan oʻtkazadi, maqsadli auditoriyani oʻrganadi, minimal darajada yashovchan mahsulotlar loyihalarini (MVP) ishlab chiqadi, birinchi sotuvlarini amalga oshirib, qayta aloqaga chiqish orqali mahsulot haqidagi fikrlarni oʻrganadi, loyihaning zaif tomonlarini tahlil qilinadi va yaxshilanadi.

Eng istiqbolli startaplar tanlab olinganidan keyin, startaplarni jadallashtirish dasturidan oʻrin olgan va ular bilan shartnoma imzolashga tayyor nomzodlar, agentlik tomonidan beriladigan qoʻshimcha yordamdan foydalanishi mumkin. Tanlab olingan startaplar agentlik tomonidan taklif etilgan innovatsion markazlarda tegishli obyektlardan foydalanish huquqiga ega boʻladi.

Har bir tanlab olingan startap arizani topshirishi, va oʻz loyihasini rivojlantirishga sarmoya kiritish va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan belgilangan muayyan shartlarni bajarish uchun qoʻshimcha koʻpi bilan 20 000 AQSH dollari miqdorida sarmoya olishi mumkin boʻladi. Ushbu qoʻshimcha moliyalashtirish uchun tanlab olingan loyihalarga maxsus aktivlar va maslahat xizmatlari taqdim etiladi. Bunday qoʻshimcha yordam faqat Innovatsion rivojlanish agentligi bilan birlamchi shartnoma imzolanganidan keyin olinishi mumkin boʻladi.

Birinchi ochiq tanlov uchun, startaplardan 50 dan 75 gacha arizalar topshirilishi kutilmoqda. Bu arizalarning ichidan Jadallashtirish dasturi 50 ga yaqin loyihalarni saralab olinadi va qoʻllab-quvvatlanadi.

Tanlov mezonlari

Benefitsiarlar

  • 3 yoshdan katta boʻlmagan kompaniyalar va loyihalar
  • Texnik yangiliklarni joriy etishga, mavjud biznes-modellarni, mahsulotlarni yoki xizmatlarni yaxshilash va oʻzgartirishga asoslangan gʻoyalar.
  • Loyihalar borasida, ishlayotgan kompaniya yoki biznes boʻlishi shart emas, ishtirok etish huquqiga ega boʻlish uchun yaxshi gʻoya yoki prototip boʻlishi yetarli.

Maqbul hududlar

Tanlovda faqat Fargʻona vodiysida va uning uchta viloyatida (Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari) qonuniy yashovchi /rezident boʻlgan arizachilar ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.

Tegishli sohalar

Startaplar uchun tanlov muayyan sohalar uchun yopiq boʻlmaydi, barcha sohalardagi gʻoyalar benefitsiar boʻlish huquqiga ega.

Tanlov 2023-yil, 23-yanvar kunidan 2023-yil, 20-mart kuni soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) ariza topshirish uchun ochiq boʻladi.

Tanlovning rasmiy tili oʻzbek tili hisoblanadi. Boshqa har qanday tilda yaratilgan materiallar tanlovda baholanmaydi.

Arizalar loyihaning rasmiy elektron pochtasiga (opencall@ferghana-valley-incubator.com) quyidagi hujjatlar bilan topshiriladi.

Ariza shakli: Ariza shakli 4 ta hujjatdan iborat:

(1) Arizachi haqida maʼlumot,

(2) Innovatsion gʻoya shakli,

(3) Biznes-reja shakli, va

(4) Gʻoyani amalga oshiruvchi jamoa.

Arizachi taklifni topshirish paytida kerakli moliyaviy maʼlumotlarni (masalan oldingi va kelajakdagi baholashlar) taqdim etishi lozim. Bu maʼlumotni taqdim etish baholash uchun majburiy hisoblanadi.

Startap deklaratsiyasi: startap tomonidan yoki shaxslar tomonidan qoʻyilgan imzo va muhr, ular ushbu hujjatda belgilangan shartlar bilan tanishib chiqqanligini, va bu shartlarga rozi ekanligini tasdiqlaydi. Ushbu deklaratsiya namunasi Arizachining maʼlumoti shaklida keltirilgan.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov mezonlari bilan batafsil tanishib chiqing.

Loyihaning telegram kanali

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!