×

Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi


Grant

MUHLAT

31.08.2025

QOLGAN VAQT

134 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

8148 marta

Peace Pals International tashkiloti The Love Foundation Inc. bilan hamkorlikda dunyo boʻylab 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun Peace Pals International Art Exhibition tanlovini tashkil etmoqda.

Bu yilgi tanlovning mavzusi – “Freedom” (Erkinlik). Ushbu tanlovda tasviriy sanʼatga qobiliyatli bolalar “Freedom” (Erkinlik) mavzusida chizilgan/yaratilgan ishlari bilan ishtirok etishi mumkin. Bunda ishtirokchilar oʻz ishlari bilan erkinlik ular uchun nimani anglatishini ifoda etishi kerak.

Ota-onalar, oʻqituchilari va katta yoshlilarga tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan bolalar bilan quyidagi bandlarning bir nechtasini yoki ekinlikka oid boshqa ixtiyoriy mavzuni muhokama qilish tavsiya etiladi:

  • Erkinlik apelsin yoki shaftolidan qaysi birini yeyishni tanlay olishmi?
  • Erkinlik nima kiyishni tanlay olishmi?
  • Erkinlik siz uchun istalgan vaqtda kelish yoki ketishni anglatadimi?
  • Erkinlik sizga eng yaxshi doʻstingizni tanlash imkonini beradimi?
  • Soʻz erkiligiga egamisiz? 

Tanlov quyidagi yosh kategoriyasi boʻyicha boʻlib oʻtadi:

  • Birinchi yosh toifasi: 5-7 yosh
  • Ikkinchi yosh toifasi: 8-10 yosh
  • Uchinchi yosh toifasi: 11-13 yosh
  • Toʻrtinchi yosh toifasi: 14-16 yosh

Oʻtgan yilgi tanlovda gʻolib boʻlganlar va ularning ishlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (MUHIM: oʻtgan yilgi tanlov mavzusini “Unity” (birlik) boʻlgan va rasmlar ham shu mavzuga moslab chizilgan).

Grant kimlar uchun?

5-16 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari har bir yosh kategoriyasi bo’yicha quyidagicha taqdirlanadi:

  • Birinchi oʻrin gʻoliblari — taxminan 200 santimetrli klassik tinchlik statuetkasi.
  • Ikkinchi oʻrin gʻoliblari — stolga qoʻyiladigan katta tinchlik statuetkasi yoki shunga oʻxshash qiymatdagi boshqa mukofot.
  • Uchinchi oʻrin gʻoliblari — stolga qoʻyiladigan oʻrtacha tinchlik statuetkasi yoki shunga oʻxshash qiymatdagi boshqa mukofot.
  • Final ishtirokchilari onlayn faylda sertifikatlar va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi.
  • Shuningdek, tanlovda ishtirok etish uchun ishlarini yuklagan barcha qatnashchilarga ishtirok sertifikatlari taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda 5-16 yoshdagi bolalar oʻzlarining chizgan rasmlari bilan ishtirok etishi mumkin.

Ijodiy ishga qoʻyilgan talablar:

  • Originallik: Barcha sanʼat original, qogʻozga qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizilgan boʻlishi kerak. Agar ishlar avval yuborilgan yoki boshqa sanʼat tanlovlaridan koʻchirilgan boʻlsa, qolaversa, kompyuterda yoki sunʼiy intellekt yordamida chizilgan boʻlsa, arizalar qabul qilinmaydi.
  • Ishlarning hajmi gorizontal yoki vertikal dizaynda hamda 12,7 sm x 17,7 sm shaklda boʻlishi lozim.
  • Ishlar “Freedom” (Erkinlik) mavzusiga oid boʻlishi va har bir ishda ingliz tilida yoki ishtirokchining ona tilida “May Peace Prevail On Earth” xabari aks ettirilishi/yozilishi kerak (buxabarning oʻzbekcha tarjimasi: “Yer yuzida tinchlik hukmron boʻlsin”) – bu xabarni ishtirokchining oʻzi yozishi kerak. Bu talabga javob bermaydigan ishlar tanlovdan chetlashtiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar 2025-yil 31-avgustga qadar qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ishlarni taqdim etish tartibi quyidagicha:

  • Onlayn. Buning uchun avval BU YERDA onlayn ariza topshirish lozim. Arizani qanday topshirish haqida qoʻllanma bilan BU YERDA tanishing. Barcha ishlar yuqori aniqlikda (300 DPI) skanerlanishi (rasmga olmang, faqat skanerlangan ishlar qabul qilinadi) va JPG formatda saqlanishi hamda boshqa qoidalarga rioya qilinishi kerak.
  • Pochta orqali. Agar ishingizni yuklay olmasangiz va pochta orqali yuborishingiz kerak boʻlsa, shunda ham avval BU YERDAN roʻyxatdan oʻtishingiz va joʻnamoqchi boʻlgan ishingiz uchun roʻyxatdan oʻtish raqamini koʻrsatishingiz kerak. Faqat roʻyxatdan oʻtgan nomzodlarning ishlarigina qabul qilinadi. 

Pochta orqali yuborish uchun manzil:

Peace Pals International
26 Benton Road
Wassaic, NY 12592
(845) 877-6093

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon yaxshilab tanishing. 

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan peacepals@worldpeace.org (Jules Loren) manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!