×

“Bo’lajak olim” startap loyihalar tanlovi: loyihalar 990 million so’mgacha moliyalashtiriladi


Grant

MUHLAT

30.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5632 marta

Yoshlar akademiyasi tomonidan “Boʻlajak olim” tanlovining 2023- yildagi mavsumida iqtidorli yoshlarning startap loyihalari bo’yichа arizalar qabul qilish boshlandi.

Tanlovning asosiy maqsadi: O’zbekiston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm- fanga keng jalb etishdan iborat. 

Startap loyihalar tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo’nalishlar va startap loyihalari bo’yichа arizalar qabul qilinadi. Startap loyihа – oshish xavfi yuqori bo’lgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini amalga yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo’llanilishi, ko’lami va tez o’sish sur’ati bilan farqlanadigan yangi biznes loyihа

Grant kimlar uchun?

40 yoshdan katta bo’lmagan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda muvaffaqiyatli deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun bazaviy hisoblash  miqdorining 3000 baravarigacha (2023-yil iyul oyi hisobiga ko’ra, 990 000 000 so’m) mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Dastur talablari quyidagicha:

  • Loyihа ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi kerak.
  • Loyihada ilmiy yangilik hamda innovatsion element bo’lishi shart.
  • 1 ta ishtirokchi 1 ta loyihа bilan ishtirok etishi lozim.
  • Topshirilgan startap loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag’larning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravaridan oshmasligi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov doirasida Startap loyihalar bo’yichа arizalar 2023-yil 30-noyabrga qadar soat 18:00 gachа qabul qilinadi. Ishtirokchi agentlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida BU YERDA ariza topshirishi mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • Startap loyiha hujjatlar 
  • Loyiha rahbari ma’lumotnomasi
  • Taqdimot

Yuqoridagi hujjatlarni BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

ESLATMA: Tanlovga loyihа hujjatlarini taqdim etish muddati tugagandan so’ng taqdim etilgan ilmiy loyihalar ko’rib chiqilmaydi. Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to’la va o’z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyihа mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi. 

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon yaxshilab tanishing. 

Loyihalarni topshirish bilan bog’liq texnik savol va murojaatlar uchun:  ( 71) 207-17-36 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!