×

OSCE akademiyasidan barcha xarajatlari qoplanuvchi 4 kunlik “Certificate Training in Conflict Sensitive Journalism” treningi


Grant

MUHLAT

08.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2984 marta

Bishkekda joylashgan OSCE akademiyasi Germaniyaning CRISP tashkiloti bilan hamkorlikda qiziquvchilar uchun reportaj va ommaviy axborot vositalarining ziddiyatlarga ta’siri bo’yicha “Conflict Sensitive Journalism” (Ziddiyatga sezgir jurnalistika) sertifikat taqdim etiladigan treningini tashkil etmoqda.

Ziddiyatlar va mojarolar haqida xabar berish usuli jamoatchilik fikrini shakllantirishi va voqealar natijasiga taʼsir qilishi mumkin. Noxolis yoki notoʻgʻri yoritish xato tushunish va notoʻgʻri qarashlarni kuchaytirishi va hatto zoʻravonlikning kuchayishiga hissa qoʻshishi mumkin.

Boshqa tomondan, masʼuliyatli, toʻgʻri va adolatli yoritish tushunish va yarashuvga yordam beradi. Ziddiyatlarga sezgir jurnalistika faqat faktlarni toʻgʻri ifodalashdan iborat emas, u koʻproq narsani anglatadi – bu ziddiyatlarning murakkabliklarini va ularni yoritishning ishtirok etgan odamlarga va kengroq jamiyatga taʼsirini tushunishdir.

“Ziddiyatga sezgir jurnalistika” seminari media sohasida ishlayotgan kishilarni ziddiyatlarni o‘rganishning asosiy elementlari haqida keng qamrovli tushunchalar bilan qurollantiradi va nizoli vaziyatlarni yoritishda jurnalist etikasi haqida fikr yuritish imkoniyatini berad

Trening 4 kun davomida 2023-yil 25-28-sentabr kunlari Bishkek shahrida bo’lib o’tadi. Dastur to’liq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar, jurnalistlar, faollar, ekspertlar, bakalavriat va magistratura darajasiga ega nomzodlar, NTT, hukumat va fuqarolik jamiyati tashkiloti vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Treningda ishtirok etish uchun tanlab olinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Treningda qatnashish barcha qabul qilingan ishtirokchilar uchun bepul.
  • Qirgʻizistonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
  • Trening yakunida sertifikat taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston va Moʻgʻulistondan boʻlgan nomzodlar qatnasha oladi.
  • Quyidagilar qatnashishi mumkin: boshlangʻich va oʻrta tajribaga ega boʻlgan fuqarolik jamiyati, nodavlat-notijorat va hukumat tashkilotlari vakillari, shuningdek, jurnalistlar, tadqiqotchilar, faollar va ekspertlar.
  • Nomzodlar ijtimoiy fanlar yoki shunga oid sohada BA (bakalavrlik) yoki MA (magistrlik) darajasiga ega boʻlishlari kerak.
  • Nozmodlar 4 kun toʻliq intensiv treningda qatnashishga tayyor boʻlishi kerak (maʼruzalar, tonggi, tushki va ayrim kechki vazifalarda qatnashish kerak).
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 7-avgust, soat 23:00 ga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlardan qabul uchun quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:

  • CV (ingliz tilida), 2 betdan koʻp boʻlmasligi kerak.
  • Motivatsiya xati: xat ingliz tilida boʻlishi va 600 soʻzdan koʻp boʻlmasligi kerak. Unda treningga qatnashish nomzodning kasbiy yoki akademik karyerasiga qanday foyda berishi tushuntirilishi kerak. Bu xatda nomdoz qaysi davlat fuqarosi ekanini ham koʻrsatib oʻtishi kerak.

Yuqoridagi hujjatlar bitta PDF faylga birlashtirilishi va quyidagi tartibda nomlanishi kerak: Mr/Ms_Name_Surname_CSJT. Soʻng ushbu PDF hujjat 2023-yil 7-avgust, soat 23:00 ga qadar training@osce-academy.net elektron manziliga yuborilishi lozim. Email mavzusiga (Subject) “Conflict Sensitive Journalism Training” deb yozilishi kerak.

ESLATMA: faqat dasturga qabul qilingan nomzodlar xabardor qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin trening haqidagi rasʼmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!