×

Ispaniya: Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mikrobiologiyasi sohasida 2 haftalik oromgoh: xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

3119 marta

ECAMPUZ loyihasi Yevropa Ittifoqining ERASMUS dasturi doirasida moliyalashtirilgan loyiha bo’lib, ushbu loyiha O’zbekistonning oziq-ovqat salohiyatini oshirish, kadrlar rivojlanishiga hissa qo’shish va xalqaro standartlarni joriy qilishga qaratilgan.

ECAMPUZ loyihasi Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiq oziq-ovqat fanlari boʻyicha taʼlim va tadqiqotlarni modernizatsiya qilish va mustahkamlash orqali taʼlim, tadqiqot va oziq-ovqat sanoati oʻrtasidagi sinergiyani oshirish uchun yosh mutaxassislarning koʻnikmalarini rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.

Loyihada  Yevropaning 2 ta universiteti hamda O’zbekistondan 5 ta oliy-ta’lim muassasasi va 1 ta ilmiy-tadqiqot tashkiloti qatnashmoqda. Loyiha 3 ta target guruhlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, bir necha mavsumlardan tashkil topgan. Ayni damda dasturning 2-mavsumi (CAMP-2) uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Ushbu qismning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligi va mikrobiologik tozaligini ta’minlashga qaratilgan.

Kimlar qatnasha oladi: Dasturga O’zbekiston huduidagi 5 ta hamkor oliy ta’lim muassasalarida (ular quyida keltirilgan) oziq-ovqatga aloqador yo’nalishlarda tahsil oluvchi bakalavriat, magistratura talabalari va tayanch doktoranturada 1-yilda oʻqiyotgan doktorantlar hujjat topshirishi va qabul qilinishi mumkin.

Hamkor oliy ta’lim muassasalari ro’yxati:

  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
  • O‘zbekiston Milliy universiteti;
  • Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
  • Urganch davlat universiteti;
  • Andijon davlat universiteti.

Dasturga har bir hamkor oliy ta’lim muassasasidan 5 tadan qatnashuvchi (jami 25 ta talaba) saralanib olinadi.

Oromgoh mashgʻulotlari Ispaniyadagi Estremadura universitetida ingliz tilida oʻtkaziladi. Dastur mashgʻulotlari 2024-yil may/iyun oylarida boshlanadi va 2 hafta davom etadi.

Dasturga ariza topshirish va unda ishtirok etish bepul.

Oromgoh tarkibi haqida maʼlumot:

CAMP 2 (Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mikrobiologiyasi) Ispaniyaning janubi-g’arbiy qismida joylashgan Kaseres shahrida bo’lib o’tadi va oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat fermentatsiyasining asosiy jihatlariga e’tibor qaratadi. Ushbu CAMP oziq-ovqat xavfsizligining asosiy jihatlarini, jumladan, oziq-ovqat tarkibidagi asosiy patogen mikroorganizmlarni va qayta ishlash jarayonida toksik birikmalarning shakllanishini qamrab oladi;

Ushbu CAMP davomida talabalarga oziq-ovqat xavfsizligining asosiy jihatlari, jumladan, oziq-ovqat tarkibidagi asosiy mikroorganizmlar, oziq-ovqat epidemiyasining oldini olishning asosiy usullari, qayta ishlash va/yoki pishirish jarayonida oziq-ovqatda zaharli birikmalar hosil bo’lishi, fermentlangan oziq-ovqat mahsulotlari va mikroblarning ko’payishi oqibatlari o’rgatiladi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ilg’or texnologiyalardan foydalanish bo’yicha amaliy darslar olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

O’zbekistondagi 5 ta hamkor oliy ta’lim muassasalarida oziq-ovqatga aloqador yo’nalishlarda tahsil oluvchi bakalavriat, magistratura talabalari va tayanch doktoranturada 1-yilda oʻqiyotgan doktorantlar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturda qatnashish bepul.
  • Ispaniyaga borish va qaytish, turar joy va kunlik xarajatlari hamkor universitetlar tomonidan qoplab beriladi.
  • Dastur davomida kichik sayohatlar va turli ko’ngilochar dasturlar tashkillashtiriladi.
  • Ushbu sohada faoliyat olib borayotgan olimlar va tengdoshlar bilan tanishish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod quyidagi universitetlardan birida oziq-ovqatga aloqador yo’nalishda tahsil olayotgan bakalavr, magistr yoki 1-yil tadqiqot olib borayaotgan tayanch doktorant boʻlishi kerak:
    – Toshkent kimyo-texnologiya instituti
    – O‘zbekiston Milliy universiteti
    – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
    – Urganch davlat universiteti
    – Andijon davlat universiteti
  • Dasturga saralanish uchun talabgor ingliz tilida erkin muloqot qila olishi (kamida B-2 darajada bilishi) lozim. Lekin til bilish darajasini isbotlovchi sertifikat talab etilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA onlayn tarzda toʻldirish va topshirish mumkin.

Ariza shaklida soʻralgan savollarga javob berish bilan birga rezyume/CV yuklash va 1000 soʻzdan oshmaydigan motivatsiya xati yozish talab etiladi.

CV andozasini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

Motivatsiya xati ariza topshiruvchining o’qsih sohasi, ilmiy qiziqishlari va nima sababdan ushbu CAMP da ishtirok etishi lozimligi va ushbu loyiha talabgorga qanday foydali bo’lishini qamrab olishi lozim.

Ariza ingliz tilida toʻldirishili, CV va motivatsiya xati ham ingliz tilida yozilishi kerak.

Saralash jarayoni:

Arizani to’liq topshirganingizdan so’ng, arizangizni qabul bo’lganini tasdiqlovchi xat olasiz. Dastlabki bosqichda talabgorlar taqdim etilgan hujjatlari, motivatsion xati, rezumye va sohaga aloqadorligi bo’yicha saralanadi.

Ushbu bosqichdan o’ta olgan talabalar onlayn suhbatga chaqiriladi va soha bo’yicha bilimi, ko’nikmalari va ingliz tilini bilish darajasi baholanadi.

 

Eslatma: dasturga saralanish uchun talabgor ingliz tilida erkin muloqot qila olishi (kamida B-2 darajada bilishi) lozim. Til bilish darajasi talabgorning sertifikati mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar bohalash komissiyasi tomonidan suhbat davomida baholanadi.

ECAMUZ loyihasi haqida batafsil ma’lumot uchun loyiha saytidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing:  

https://ecamp.uz/

Shuningdek, saralash jarayoni va boshqa yangiliklar haqida xabardor bo’lish uchun telegram tarmog’i orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://t.me/PROJECT_ECAMPUZ

Dastur bo’yicha yoki arizalar topshirish bo’yicha qo’shimcha savollar dastur administratoriga e-mail  orqali (ecampuzproject@gmail.com) yoki Telegram: https://t.me/ecampuz_project  orqali berilishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!