×

Magistratura, PhD talabalari, tadqiqotchi va yetakchilar uchun Tayvanda yozgi maktab – xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

26.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tayvan

O'QILGAN

3121 marta

Asian Summer School on Political Parties and Democracy dasturi Konrad Adenauer Stiftung va boshqa turli tashkilotlar hamkorligida Osiyo mamlakatlarining siyosiy partiya va demokratiya sohasidagi 16 nafar magistr hamda PhD tadqiqotchilari, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati yetakchilari uchun tashkil etilmoqda. Dastur 2024-yil 20-26-may kunlari Tayvanning National Chengchi universitetida boʻlib oʻtadi.

Dastur asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  • siyosiy partiyalar, partiyaviy tizimlar, saylovlar va demokratiyani oʻrganishda kengroq tahliliy istiqbollar boʻyicha koʻrsatmalar berish va muhokama qilish;
  • yosh olimlar va amaliyotchilar uchun tadqiqot loyihalarini rivojlantirish uchun koʻp millatli forum tashkil etish
  • magistratura va PhD tadqiqotchilariga kontseptuallashtirish, hisoblash, tahlil qilish va nazariya sohasidagi innovatsiyalarga hissa qoʻshadigan dissertatsiya loyihalarini muvaffaqiyatli ishlab chiqishda yordam berish;
  • magistratura va PhD tadqiqotchilarni xalqaro akademik nashriyot talablari va mezonlari boʻyicha tayyorlash, ularni ilmiy jurnallarga oʻz ishlarini taqdim etishlarini ragʻbatlantirish;
  • amaliyotchilarga partiya siyosati va demokratiya boʻyicha asosiy ilmiy xulosalarni tushunishga yordam berish va boshqalar.

Dastur tegishli sohadagi Osiyo, Yevropa va Amerika universitetlari hamda xalqaro tashkilotlarning partiya hamda demokratiya sohasidagi 21 nafar yetakchi olimlari va amaliyotchilar tomonidan oʻtkaziladigan maʼruzalar, seminarlar va davra suhbatlaridan iborat. Qolaversa, ishtirokchilar oʻz loyihalari, ilmiy ishlari boʻyicha turli qiziqarli taqdimotlar oʻtkazadi va uni birgalikda muhokama qiladilar. Eng yaxshi maqolalar yozgi maktabda taqdimot qilingan “Eng yaxshi maqola” mukofotiga sazovor boʻladi hamda Tayvan Demokratiya jurnalida chop etish uchun tavsiya etiladi.

Dastur (taqdimot va nashrlar) toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Siyosiy partiya, saylov, vakillik demokratiyasi va boshqa aloqador sohalardagi magistratura hamda PhD tadqiqotchilari, amaliyotchilar va fuqarolik jamiyati yetakchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur manfaatli jihatlari quyidagicha:

  • Dasturda ishtirok etish bepul.
  • Yozgi maktab anʼanaviy yuzma-yuz formatda tashkil qilinsa, ishtirokchilarga bepul turar joy (8 kecha, 1 kishilik xona), tushlik va bir martalik kechki ovqat taʼminlanadi.
  • Har qanday sayohat tadbirlari xarajatlari (jumladan, viza, sogʻliq/sayohat sugʻurtasi va h.k.) ishtirokchilar tomonidan qoplanishi kerak. Biroq ayrim nomzodlar sayohat xarajatlari uchun moddiy yordam olish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.
  • Ishtirokchilarga dasturda qatnashganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
  • Eng yaxshi maqolalar yozgi maktabda taqdimot qilingan “Eng yaxshi maqola” mukofotiga sazovor boʻladi hamda Tayvan Demokratiya jurnalida chop etish uchun tavsiya etiladi.
  • Magistratura va PhD tadqiqotchilari maxsus soʻrov orqali oʻz maqolalarini dastur xodimlari tomonidan baholatishi hamda 6,4 (ECTS) kreditga ega boʻlishlari mumkin. Oʻz ishlarini akkreditatsiyadan oʻtkazmoqchi boʻlgan magistratura va PhD tadqiqotchilariga yozgi maktab direktorlari bilan oldindan ertaroq maslahatlashish tavsiya etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Belgilangan mamlakatlardan birining fuqarosi boʻlish lozim. Bu mamlakatlar ichida Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston ham bor.
  • Siyosiy partiyalar, saylov, vakillik demokratiyasi va boshqa aloqador sohalardagi magistratura hamda PhD tadqiqotchilari, amaliyotchilar va fuqarolik jamiyati yetakchilari qatnasha oladi.
  • Dastur ingliz tilida olib borilishi sababli nomzodlar ingliz tilini yetarlicha bilishlari kerak.
  • Dasturga qabul qilishda tashkilotchilar gender va mintaqaviy (yaʼni, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Markaziy va Sharqiy Osiyo mintaqasi) muvozanatni saqlashga harakat qiladilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar BU YERDA onlayn ariza shaklini toʻldirishlari kerak. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024- yil 26-fevral tonggi 3:59 ga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirishda nomzodlar barcha savollarga javob berishi hamda taklif etayotgan maqolasiga 500 soʻzdan (5 tagacha kalit soʻz) iborat abstraktlarini taqdim etishi kerak. Ariza topshirishda boshqa hujjat (masalan, CV, pasport) talab etilmaydi.

Saralangan nomzodlar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 30-aprel tonggi 3:59 ga qadar oʻz maqolasining birinchi qoralamasini yuborishlari kerak. Bu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Skype orqali boʻluvchi suhbat bosqichiga taklif etilishi mumkin.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Dasturning 2023-yilgi ishtirokchilari bilan BU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar BU YERDA qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!