×

Maktabning 10-11-sinf oʻquvchilar va kollej/litsey oʻquvchilari uchun “Men MAI talabasiman” nomli xalqaro onlayn olimpiada!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2231 marta

CHOP ETILGAN

15.02.2024

Moskva aviatsiya instituti (MAI) xorijlik nomzodlar uchun “Men MAI talabasiman” nomli xalqaro onlayn olimpiada tashkil etmoqda. Olimpiadada maktabning 10-11-sinf oʻquvchilar va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. MAI bu yilgi qabul uchun 3490 dan ortiq budjet oʻrinlarini taklif qiladi va bu oʻrinlarni qoʻlga kiritgan talabalar ushbu oliy taʼlim muassasasida bepul oʻqiydi.

MAI da oʻqish afzalliklari va bu oliy taʼlim muassasasi haqidagi maʼlumot ushbu maqola oxirida berilgan.

Mazkur olimpiada quyidagi fanlar boʻyicha topshiriqlardan iborat boʻladi:

  • Matematika
  • Fizika
  • Informatika

Sovrinlar

Olimpiadada ishtirok etgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar Moskva aviatsiya institutiga kirish va institut tomonidan taklif etiladigan grantlarni qoʻlga kiritish uchun qoʻshimcha 8-10 ballga ega boʻladi.

Olimpiada rus tilida oʻtkaziladi. Olimpiadada qatnashish bepul.

Bosqichlar

Olimpiadada ishtirok etish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

1. Roʻyxatdan oʻtish. Ishtirok etish uchun nomzodlar 2024-yil 15-aprelgacha onlayn tarzda BU YERDA roʻyxatdan oʻtishi kerak (“Регистрация участника” tugmasini bosing).

2. Test. Bu bosqich 2024-yil 10-18-aprel kunlari oʻtkaziladi. Unda ishtirokchilar test savollarini yechadi, natijalar avtomatik tarzda aniqlanadi va natija yuzasidan apellatsiya shikoyatini berish imkonsizdir.

3. Yakun va mukofotlash. Bu bosqich 2024-yil 19-30-aprel kunlari oʻtkaziladi. Olimpiada gʻoliblari I darajali diplom va MAI ga kirish uchun qoʻshimcha 10 ball bilan taqdirlanadi. 2- va 3-oʻrin sohiblari esa II va II darajarli diplom hamda MAI ga kirish uchun qoʻshimcha 8 ball bilan taqdirlanadi.

Olimpiada haqida batafsil maʼlumotni olimpiadaning rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Universitet haqida

Moskva Aviatsiya instituti Rossiyaning yetakchi texnologik universiteti boʻlib, u aviatsiya va kosmonavtika sohasida muhandis (enjiner) boʻlishni xohlovchilar uchun alohida imkoniyatlarni taqdim etadi. MAI oʻz aerodromiga ega, shu sababli, bu oliygohda siz birinchi parvozingizni amalga oshirishingiz mumkin!

MAI da oʻqish orqali siz aviatsiya va astronavtika sohasida, masalan, avialaynerlar, havo harakatchanligi, gipertovushli samolyotlar, havo taksilari, avtomatlashtirish va robototexnika va boshqa sohalarda yetakchi texnologiyalar va ishlanmalar bilan ishlovchi mutaxassis boʻlib yetishasiz.

MAI da yuqori sifatli taʼlim olishdan tashqari, ushbu muhhim sohalarni olgʻa siljituvchi professionallar jamoasi tarkibiga kirishingiz mumkin.

MAI da oʻqish afzalliklari:

  • 2024-yilgi qabul rejasida 3490 dan ortiq budjet oʻrni ajratilgan va bu oʻrinlarni qoʻlga kiritgan talabalar MAI da bepul oʻqiydi.
  • Olimpidada olingan qoʻshimcha ball bilan budjet asosida talab boʻlish va yotoqxonaga ega boʻlish, shuningdek, stipendiyaga ariza topshirish mumkin.
  • MAI 2022-yil uchun ishlab chiqarish sohasida talab yuqoro boʻlgan bitiruvchilar boʻyicha hh.ru reytingida Top 3 talikka kiradi va boshqa koʻplab reytinglarda yetakchi oʻrinlarni egallaydi (HeadHunter)
  • Individual oʻquv trayektoriyasi, ixtiyoriy kurslar, MAI laboratoriyalari va hamkor korxonalarda stajirovkalar, boshqaruv va ijtimoiy koʻnikmalarga (soft-skills) qaratilgan fanlar yordamida oʻz mashgʻulotlaringizni moslashtira olasiz.
  • MAI 50 dan ortiq ilmiy laboratoriya va hattoki oʻzining tajriba zavodiga ega.
  • MAI – Moskva ichidagi kichik shahardir: MAID 9 ta yotoqxona binosi, 20 dan ortiq oshxona va kafelar, kovorking zonalari, oʻquv maydonchalari, parvoz amaliyoti imkoniyatiga ega shaxsiy aerodromi va boshqalarga ega.

MAI da mavjud 8 ta mega yoʻnalish (bu mega yoʻnalishlar ichida yana kichik yoʻnalishlar ham bor):

  • Samolyot sanoati
  • Dvigatel qurilishi
  • Informatika va kompyuter texnologiyalari
  • Radiotexnika va aloqa tizimlari
  • Boshqaruv, iqtisodiy va lingvistik yoʻnalish
  • Raketa va kosmik tizimlar
  • Kompyuter fanlari va texnologiyalari
  • Materiallar va zamonaviy texnologiyalar

Talabalarga taqdim etiladigan rivojlanish imkoniyatlari

Taʼlimni moslashtirish:

  • Birinchi yildan boshlab professional trayektoriyani qurish
  • Profil va mutaxassislikni bosqichma-bosqich tanlash
  • Tanlov asosidagi fanlararo kurslar
  • MAI laboratoriyalari va korxonalarida amaliyotlar
  • Real sanoat loyihalari ustida ishlashda talabalarning ishtiroki
  • Akademik mobillik dasturlari

Ijtimoiy koʻnikmalarni rivoshlantirish:

  • Kasbga yoʻnaltirish va maslahatlar
  • Boshqaruv va ijtimoiy koʻnikmalarga oid fanlarni tanlash
  • Xalqaro, Butunrossiya ilmiy-texnika olimpiadalari va xakatonlar
  • Malaka oshirish kurslari

Institutning darsdan tashqaridagi hayotida ishtirok etish:

  • MAI talabalari va aspirantlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi
  • Koʻngillilar markazi
  • Quvnoq va zukkolar klubi
  • MAI talabalar parlament klubi
  • “Lambda IT” dasturlash ixlosmandlari klubi
  • MAI sport klubi (40 dan ortiq talaba jamoalari, shu jumladan kibersport)
  • MAI samolyot modellashtirish klubi
  • MAI aviatsiya klubi (Alferyevo negizida)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!