×

Universitet yoki tadqiqot markazi xodimlari uchun Germaniyada 6 oylik dastur


Grant

MUHLAT

11.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1537 marta

Germaniyaning Ruhr tadqiqot alyansi bir qismi sifatida tashkil etilgan Ijtimoiy va gumanitar fanlar kolleji mahalliy ilmiy tadqiqotchilar bilan yaqin hamkorlikda oʻz tadqiqot loyihasi ustida ishlamoqchi boʻlgan xalqaro tadqiqotchilar uchun International Senior Fellowship Programme dasturini taklif etadi.

Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu kollejda belgilangan hamkori bilan turli seminar, maʼruzalar va konferensiyalarda qatnashadi. Bundan tashqari, ular uchun individual xizmatlar mavjud boʻlib, taqiqotchilar kutubxona, axborot texnologiyalari xizmatlaridan bepul foydalanishi hamda turli seminar va tadbirlar tashkillash uchun menejer yoki tadbir kordinatorlaridan yordam olishlari mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yil 1-martdan 1-sentabrgacha (6 0y) davom etadi.

Kollejda ish tili ingliz tili boʻlib, nemis tilini bilish shart emas.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturani tamomlagan universitet yoki tadqiqot markazi xodimlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tadqiqotchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishi mumkin:

  • Oʻz muassasasidan ish haqi olgan holda dasturda qatnashayotganlarga:
    • Oyiga 3050 yevro (soliqlar bilan) stipendiya.
    • Agar oilaviy kelishni reja qilayotgan boʻlsa, oylik 250 yevro moliyaviy yordam.
    • Koʻchib oʻrnashib olish xarajatlarini qoplash uchun oylik 125 moddiy yordam.
  • Oʻz muassasasidan ish haqi olmasdan dasturda qatnashayotganlar:
    • Kompensatsiya shartnomasi orqali oʻz ish haqlarini moliyalashtirilishi mumkin. Bunda odatda oyiga soliqlar bilan professor darajasiga qarab taxminan 7100 yevrogacha beriladi. Yoki muqobil tarzda har oy 5000 yevro (soliqlar bilan) stipendiya olishlari mumkin.
  • Bundan tashqari, tadqiqotchilar oʻz muassasida ishlamagani uchun boshqa xodim ishga yoʻllangan taqdirda (agar kerak boʻlsa) maʼlum miqdorda uning xarajatlarini ham qoplab berishi mumkin.
  • Dastur yakunlangandan keyin xalqaro borish-kelish xarajatlari Shimoliy Reyn-Vestfaliya davlat sayohatlari toʻgʻrisidagi qonun koʻrsatmalariga muvofiq qoplab beriladi.
  • Viza xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Tadqiqotchi va ularning tandem hamkorlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun maksimal 7500 yevro (oyiga 1250 yevro) loyiha byudjeti ajratilgan boʻlib, qoʻshma seminarlar, konferensiyalar, nashrlar va boshqalar uchun ishlatilishi mumkin.

ESLATMA: turar joy, tibbiy sugʻurtasi va boshqa xarajatlar tadqiqotchi tomonidan qoplanishi kerak (beriladigan stipendiyani shu xarajatlarga ishlatish mumkin).

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dastur uchun yetakchi tadqiqotchilar (R4 darajadagi tadqiqotchilar afzal koʻriladi) ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.
  • Nomzod ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha yuqori tadquqot tajribasiga ega boʻlishi hamda xorijiy universitet yoki tadqiqot muassasasining faol aʼzosi boʻlishi lozim.
  • Ariza topshirishdan kamida olti yil oldin doktorlik darajasini olgan boʻlishi kerak.
  • Ruhr tadqiqot alyansidagi tadqiqotchi bilan hamkorlikni boshlash yoki mustahkamlashga urinishi kerak.
  • Dastur hamkorlik tamoyiliga asoslanganligi sababli nomzodlar ariza berishdan oldin Ruhr tadiqoqt alyansidan mos keladigan tandem hamkorini aniqlashlari kerak. Tandem hamkorlik haqida batafsil BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 11-iyun tonggi 2:59 ga qadar BU YERDA onlayn ariza topshirishlar mumkin.

Ariza shakliga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi. Ularni bitta PDF formatida (5 MB dan oshmasligi kerak) yuklashingiz soʻraladi:

  • tadqiqot loyihasi bayonnomasi (koʻpi bilan 10000 belgi) — loyihaning rejalashtirilgan natijalari va tandem hamkori bilan hamkorlik (masalan, kitob, jurnal maqolasi, grant taklifi, konferensiya, seminar va boshqalar)
  • CV/rezyume — akademik taʼlim, fan nomzodi yili, hozirgi va oldingi lavozimlar, mukofotlar va boshqalar haqida maʼlumotni oʻz ichiga oladi.
  • Nashrlar roʻyxati — eng muhim beshta nashrni tanlash kerak.
  • Boʻlajak tandem hamkoringizdan taklif xati.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon va koʻp berilgan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan fellowship@college-uaruhr.de email manzili orqali masʼul xodim Sophia-Helena Zwakaʼga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!