×

International CGI Scholarship: Tailandda magistratura – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

30.09.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

2188 marta

International CGI Scholarship dasturi Tailandning Chulabhorn Graduate Institute (CGI) oliygohida magistratura bosqichini o’qishni niyat qilgan xalqaro talabalarni qo’llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan bo’lib, dastur maqsadi  dunyo bo’ylab bilimli va yetakchilar yoshlarni tarbiyalash, ularning o’z mamlakati rivojiga hissa qo’shishlariga yordam berishdan iborat.

Hozirda ushbu dastur bo’yicha amaliy biologiya fanlari: atrof-muhit salomatligi, atrof-muhit toksikologiyasi va kimyo fanlari bo’yicha magistraturada o’qimoqchi bo’lgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Grant doirasida oʻqish uchun quyidagi yoʻnalishlardan birini tanlash mumkin:

  • Applied Biological Sciences: Environmental Health
  • Environmental toxicology
  • Chemical sciences

Dastur 6 haftalik boshlang’ich tayyorlov kursi (2025-yil iyun oyidan boshlanadi) hamda 2 yillik magistrlik kurslaridan (2025-yil avgust oyidan boshlanadi)  iborat bo’lib, ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qimoqchi bo’lgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning bu yilgi mavsumi uchun 15 nafar nomzod uchun grant ajratilgan bo’lib,  ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  • O’qish va boshqa akademik to’lovlar, jumladan, o’quv kredit to’lovi, laboratoriya xarajatlari, boshlang’ich tayyorlov kursi to’lovi, ro’yxatdan o’tish to’lovi, dissertatsiya hamda tezis hujjatlarini tayyorlash xarajatlari qoplanadi.
  • Ikki tomonlama aviachipta, tibbiy sug’urta  hamda viza xarajatlari qoplab beriladi.
  • Bepul turar joy hamda oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Ko’chib o’tish va joylashib olish uchun moddiy yordam beriladi.

Eslatma: Grant dasturi 6 haftalik boshlang’ich tayyorlov kursi va ishtirokchining qoniqarli yutuqlari har yili ko’rib chiqilishi sharti bilan 2 yillik magistratura bosqichini o’z ichiga oladi. Agar talaba belgilangan akademik mezonlarga javob bermasa yoki dastur qoidalariga rioya qilmasa, grant bekor qilinishi mumkin.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga javob beradigan talabgorlar uchun ochiq:

  • Nomzod 30 yoshdan kichik bo’lishi kerak
  • Kimyo, biologiya, tabiiy fanlar, molekulyar biologiya, atrof-muhit fanlari, tibbiyot, farmatsevtika va boshqa aloqador sohalarda bakalavr darajasiga ega bo’lishi lozim.
  • Yuqori akademik ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak. Kamida GPA 2,75 talab etiladi.
  • Ilmiy laboratoriya tadqiqotlari bo’yicha  tajribaga ega bo’lishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. IELTS yoki TOEFL sertifikatlaridan birini yoki boshqa xalqaro ingliz tili malakasii hujjatini topshirish talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2024-yil  30-sentyabrga qadar ariza topshirishni yakunlashlari kerak. Ariza topshirish bosqichlari:

  • Ushbu ariza shaklini to’ldiring hamda cgi_academic@cgi.ac.th elektron pochta manziliga ariza shaklining skanerlangan shakli va barcha kerakli hujjatlarni yuboring.
  • Keyin esa barcha hujjatlarni pochta xizmati orqali ushbu pochta manziliga qayta yuboring: Chulabhorn Graduate Institute (CGI Scholarship Program), 54 Kamphangphet 6 Road, Talat Bang Khen, Laksi, Bangkok 10210. THAILAND

Ariza shakli bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • To’liq akademik transkript (bakalavriat diplom va ilovasi)
  • Uchta tavsiyanoma.
  • Dasturda nega o’qimoqchiligi bayon etilgan motivatsion xat.
  • Tibbiy ma’lumotnoma. Ushbu shaklni BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.
  • Arizalarni tekshirishni osonlashtiruvchi boshqa hujjatlar. Bunda nomzod erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi turli sertifikatlar taqdim etilishi mumkin.

MUHIM: Ariza topshirish muddatidan keyin taqdim etilgan hamda yetkazilgan hujjatlar ko’rib chiqilmaydi.

ESLATMA: Ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha murojaatlar uchun: 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!