Earth Journalism Network (EJN) tashkiloti dunyo bo’ylab biologik xilma-xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlaridan barqaror foydalanish kabi ishlarni amalga oshirish maqsadida BMT Bioxilma-xillik konferensiyasini (UN Biodiversity Conference) tashkil etib kelmoqda. Bu konferensiya 2024-yil 21-oktyabrdan 1-noyabrgacha Kolumbiyaning Kali shahrida bo’lib o’tadi
Dastur past va oʻrta daromadli mamlakatlar jurnalistlari uchun mo’ljallangan bo’lib, ishtirokchilarning biologik xilma-xillik muammolari haqidagi bilimlarini oshiradi, o’zaro o’tkazilgan muzokaralar hamda tajribali trenerlar boshchiligidagi seminarlar orqali mavzuga doir dolzarb muammolarga yechim izlashga yordam beradi. Konferensiya ingliz tilida bo’lib o’tadi.
Grant kimlar uchun?
Biologik xilma-xillik yo’nalishi bo’yicha faoliyat olib boruvchi media sohasi vakillari va professional jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu mavsum uchun kamida 5 nafar jurnalist saralab olinadi hamda quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- Aviachipta olib beriladi (ekonom-klass).
- Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
- Tibbiy sugʻurta hamda dastur bilan bogʻliq barcha transport xarajatlari qoplab beriladi.
- Viza olish (kerakli hujjatlarni tayyorlash va suhbatdan oʻtish) uchun ishtirokchilarning oʻzlari masʼuldirlar. Lekin viza toʻlovi qoplab beriladi.
Shuningdek, dasturga qabul qilingan jurnalistlar sayohat paytida oʻz xavfsizligi uchun masʼul boʻlishi va sayohat uchun barcha talablarga javob berishi kerak.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Konferensiyada biologik xilma-xillik yo’nalishi bo’yicha faoliyat olib boruvchi media sohasi vakillari va professional jurnalistlar ishtirok etishi mumkin.
- Konferensiyada qatnashish uchun ishtiyoqmand bo’lishi lozim. Ariza shaklida dastur davomida nimalar qilishi haqida batafsil yoritiladi.
- Ingliz tilini yetarli darajada bilishi zarur.
- Dasturda istalgan ommaviy axborot vositalarida (onlayn, bosma nashr, televideniye, radio) ishlayotgan jurnalistlar ishtirok etishi mumkin.. Xalqaro, milliy, mahalliy va jamoatchilik asosidagi barcha turdagi ommaviy axborot vositalarining mustaqil (frilans) muxbirlari va xodimlari ariza topshira oladi.
- Ushbu dasturning avvalgi mavsumlarida ishtirok etmagan bo’lishi kerak.
Eslatma: ishtirokchilarning Kolumbiyaga yetib kelishi 2024-yil 19-oktyabrga, jo‘nab ketishi 2024-yil 2-noyabrga rejalashtirilgan. Nomzodlar ushbu vaqtda dasturda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Ishtirok etish uchun nomzodlar 2024-yil 6-iyulga qadar BU YERDAN onlayn ro’yxatdan o’tishi va ariza topshirishi kerak. Ro’yxatdan o’tish bo’yicha yo’riqnoma bilan BU YERDA tanishing.
Muddatdan keyin topshirilgan yoki ingliz tilida bo’lmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi. Ariza topshirishda texnik muammo yuzaga kelsa, info.ejn@internews.org manziliga bog’laning.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar 2024-yil oktyabr oyi oxiriga qadar xabardor qilinadi.
Nomzoddan kutiladi:
- Iqlim o’zgarishi, iqlim siyosati va boshqa ekologik mavzulari bo’yicha tajriba;
- Dastur uchun aniq va yaxshi o’rganilgan hisobot rejasi;
- Tanlangan media tashkiloti bilan munosabatlar va dastur davomida bajarilgan ishni nashr etish yoki translyatsiya qilishga rozilik beruvchi muharrir tomonidan imzolangan qo’llab-quvvatlash xati.
- Shuningdek, xilma-xillikni ta’minlash maqsadida turli xil ommaviy axborot vositalari va geografik hududlardan jurnalistlar tanlab olinishi mumkin.
ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Qo’shimcha murojaatlar uchun: info@cccd.ca