×

“Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik ofatning salbiy oqibatlari” fotosuratlar va maqolalar tanlovi


Grant

MUHLAT

15.09.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2821 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik ofatning salbiy oqibatlari” fotosuratlar va maqolalar tanlovi tashkil qilmoqda.

Bu tanlov 2 yoʻnalish boʻyicha o‘tkaziladi:

  • Tabiat nigohi: eng yaxshi fotosurat
  • Tabiat ovozi: eng yaxshi ekologik maqola

Tanlovga o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi ishlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar, bloggerlar va fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir yoʻnalish gʻoliblari noutbuk, fotoapparat va smartfonlar bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Umumiy talablar:

  • Barcha ishlar original bo‘lishi va ushbu tanlov uchun maxsus yaratilgan bo‘lishi yoki mualliflar tomonidan 2024-yil 1-yanvardan keyin mahalliy yoki xorijiy axborot manbalarida chop etilgan bo‘lishi kerak. Plagiat yoki boshqa odamlarning materiallaridan foydalanish taqiqlanadi.
  • Ishlar “Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik ofatning salbiy oqibatlari” mavzusiga mos kelishi kerak.

Suratlarga qo’yiladigan talablar:

  • Sifat: Rasmlar yuqori aniqlikda bo’lishi kerak (kamida 300 dpi).
  • Format: Rasmlar JPEG yoki PNG formatida bo’lishi kerak.
  • Tavsif: Har bir fotosuratga rasmning konteksti va ma’nosini tushuntiruvchi qisqacha tavsif (100 so’zgacha) qo’shilishi kerak.
  • Fayl hajmi: Bitta fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi kerak.
  • Miqdori: bitta ishtirokchidan 5 tadan ko’p bo’lmagan fotosuratlar qabul qilinadi.

Maqolalarga qo’yiladigan talablar:

  • Hajmi: Maqolalar 1000 dan 3000 so’zgacha bo’lishi kerak.
  • Tarkibi: Maqolada sarlavha, kirish, asosiy va xulosa bo’lishi kerak.
  • Format: Matnlar DOC, DOCX yoki PDF formatida topshirilishi kerak.
  • Ma’lumotnomalar va manbalar: Boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar yoki iqtiboslardan foydalanganda, havolalar va manbalar taqdim etilishi kerak.
  • Miqdori: bitta ishtirokchidan 3 tadan ko’p bo’lmagan maqolalar qabul qilinadi.

Qo’shimcha talablar:

  • Yozuvlarda haqoratli, kamsituvchi yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzuvchi deb hisoblanishi mumkin bo’lgan materiallar bo’lmasligi kerak.
  • Barcha ishlar belgilangan muddatda topshirilishi kerak, kechikib topshirilganlar ko‘rib chiqilmaydi.
  • Muqova hatida ishtirokchining to‘liq ismi, aloqa telefoni va elektron pochtasi ko‘rsatilishi kerak.

Namuna:

  • Fotosuratlar uchun: Muvaffaqiyatli suratga misol vayron bo’lgan ekotizimlar yoki ekologik ofatdan jabrlangan odamlar hayotini aks ettiruvchi tasvirni o’z ichiga olishi mumkin.
  • Maqolalar uchun: Muvaffaqiyatli maqola misolida Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofatning sabablari va oqibatlarini tahliliy ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, uning ta’sirini yumshatish bo‘yicha takliflar kiritilishi mumkin.

Tanlov materiallarida reklama maʼlumotlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududida tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan maʼlumotlar boʻlmasligi kerak. Ushbu ma’lumotlarga ega arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 15-sentyabr, soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) BU YERDA qabul qilinadi.

DIQQAT: ishingizni Google shaklida yuklash uchun sizda Google akkaunti (gmail.com elektron pochta manzili) boʻlishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telegram manziliga yozing  https://t.me/IsDBproject.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!