×

BMTdan 14-35 yoshlilar uchun ijodiy ishlar tanlovi: mukofotlar – planshet, quloqlik va ovoz uzatish qurilmalari


Grant

MUHLAT

01.08.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2660 marta

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining (UNODC) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqarmasi Giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish xalqaro kuni (Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuni) munosabati bilan yoshlar o‘rtasida mintaqaviy tanlov tashkil etmoda.

Ushbu tanlov Markaziy Osiyo boʻylab yoshlarni ijodiy ifoda va innovatsion yechimlar orqali giyohvandlik bilan bogʻliq koʻp qirrali muammolarni hal qilishga jalb etishga qaratilgan. Yoshlar o’zlarining eng ijodiy g’oyalari va yoshlar o’rtasida giyohvand moddalarni iste’mol qilishning oldini olish boʻyicha yechimlarni ifoda etishga taklif etiladi.

Bu yilgi Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuni va tanlovining mavzusi – “Dalillar aniq: oldini olishga sarmoya kiriting (The evidence is clear: invest in prevention)”.

Ishtirokchilar topshirgan ishlarida quyidagi savolga javob berishi kerak: “How can young people creatively contribute to drug use prevention among youth?(Yoshlar oʻrtasida giyohvandlikning oldini olishga yoshlar qanday qilib ijodiy hissa qoʻshishi mumkin?)” degan savolga javob berishlari kerak.

Ishlar quyidagi 3 ta nominatsiya boʻyicha qabul qilinadi:

  • Yozma ishlar: insholar, tadqiqot ishlari, maqolalar, sheʼrlar, hikoyalar va boshqalar (maksimal soʻz chegarasi: 1000 soʻz)
  • Audio-vizuallar: videolar, podkastlar, multimedia taqdimotlari va boshqalar (umumiy davomiylik 2 daqiqadan oshmasligi kerak)
  • Tasviriy ishlar: sanʼat asarlari, fotosuratlar, raqamli rasmlar, grafik dizaynlar va plakatlar va boshqalar (koʻpi bilan 3 dona).\

Ishlarni ingliz yoki rus tilida topshirish kerak.

Grant kimlar uchun?

14-35 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov doirasida Markaziy Osiyodagi har bir mamlakatdan (Oʻzbekiston, Qozogʻizton, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston) 1 nafardan gʻolib tanlanadi. Gʻoliblar planshetlar, quloqliklar va karnaylar (ovoz uzatish qurilmasi) bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻizton, Qirgʻiziston, Tojikiston yoki Turkmaniston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻz ishini topshirish vaqtida 14-35 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.

Ishlar uchun qoʻyilgan talablar:

  • Originallik: ishlar hech qanday AI vositalaridan foydalanmasdan, faqat ishtirokchi tomonidan tayyorlanishi kerak
  • Til: ishlar ingliz yoki rus tilida topshirilishi kerak.
  • Nashr qilinmaganlik: ishlar boshqa joyda nashr qilish uchun topshirilmagan boʻlishi kerak.
  • Mualliflik huquqi: ishtirokchilar ishlarni taqdim etishda foydalanilgan barcha materiallar uchun zarur huquqlar, litsenziyalar, rozilik va ruxsatlarga ega boʻlishi kerak. UNODC kontentni nashr etilgan shaklda toʻliq yoki qisman ishlatish huquqiga ega.
  • Xulosa: har bir ishda fon, maqsadlar va gʻoyani aks ettiruvchi 150-300 soʻzli xulosa boʻlishi kerak. Taqdim etilgan materiallarning ushbu tanlov mavzusini samarali tarzda yetkazishi va UNODC/JSSTning Giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning oldini olish boʻyicha xalqaro standartlari maqsadlariga muvofiqligini taʼminlash uchun ishtirokchilardan quyidagi koʻrsatmalarga amal qilishlari soʻraladi:
    – Xabar aniqligi va aloqadorligi
    – Noaniq ifodalarning oldini olish
    – Mavzu va savolga rioya qilish
    – Kreativ va yoshlarga qaratilgan yechimlar

Ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Muammo va yechimlarni tushunganlik.
  • Butunjahon giyoyvadlikka qarshi kurashish kuni mavzusiga rioya qilinganlik.
  • Kreativlik va innovatsiya.
  • Aniqlik va ifoda.
  • Originallik va integratsiya.
  • Taʼsir va qamrov.
  • Taʼlimiy qiymat.
  • Texnik sifat.

Ushbu mezonlar taʼrifi bilan BU YERDA batafsil tanishing (Selection criteria).

Dasturga qabul jarayoni:

Ishlar 2024-yil 31-iyul soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi. Ishtirokchilar BU YERDA ariza toʻldirishi va ishlarini topshirishi mumkin.

MUHIM: Tanlov uchun material tayyorlashga kirishishdan oldin rasmiy eʼlonni toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi emaillarga murojaat qilishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!