×

BRB FinTech Hackcelerator: sovrin jamg’armasi – 300 000 000 so’m


Grant

MUHLAT

30.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1225 marta

Biznesni rivojlantirish bankining “BRB Fintech Hackcelerator” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu tanlov davomida ishtirokchilar innovatsiyalarni yaratish, ularni rivojlantirish va g‘oyalaringizni haqiqatga aylantirishni o‘rganadi.

Ishtirokchilar bir oy davomida moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar rahbarligida/mentorligida loyihalaringiz ustida ishlash bo‘yicha noyob tajribaga ega bo‘ladi.

Dastur doirasida ishtirokchilar malakasini oshirishga va muvaffaqiyatli fintech yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradigan bootcamp va master-klasslar tashkil etiladi. Shuningdek, tajribali ustozlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi va ular bilan ishlanadi. Ular ishtirokchilarga yangi g’oyalarni yaratish, qiyinchiliklarni yengish va muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

Ushbu musobaqada 5-6 kishilik jamoa sifatida ishtirok etish kerak. Maksimum 35 tagacha jamoa qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi muammolarga yechim topishga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning manfaatli jihatlari:

  • Gʻolib jamoalar quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
    – 1-oʻring: 150 mln soʻm;
    – 2-oʻrin: 100 mln soʻm;
    – 3-oʻrin: 50 mln soʻm.
  • Yetakchi ekspertlardan tajriba
  • Tijorat shartnomalarini olish imkoniyati
  • Netvorking (tanishlar orttirish)
  • Mentorlarning qo’llab-quvvatlovi
  • Xalqaro va mahalliy hamkorlar tomonidan stajirovka yoki hamkorlikka taklif etilish imkoniyati

Talablar:

Ishtirok etishga oid umumiy talablar quyidagicha:

  • Musobaqa jamoaviy (5-6 kishilik) shaklda o’tkaziladi. Maksimuim 35 tagacha jamoa ishtirok etadi.
  • Saralash onlayn tarzda bank va uning hamkorlari tomonidan o’tkaziladi.
  • Ishtirokchilar jamoalari haqida ma’lumotlarni (anketa) yuborishlari kerak.

Jamoalarga qo’yiladigan talablar:

  • 6 kishigacha
  • Jamoa a’zolari bir nechta jamoada bo’lishlari mumkin emas.
  • Ro’yxatdan o’tgandan so’ng jamoa tarkibini o’zgartirish mumkin emas.
  • Jamoa a’zolari 2024-yilning 30-iyulidan 30-avgustigacha mashgʻulotlarda ishtirok eta olishi kerak.

Tavsiya etilgan jamoa tarkibi:

  • Kapitan — Loyiha boshqaruvchisi (Project Manager)
  • Tahlilchi (Analyst)
  • Dizayner (Designer)
  • Dasturchilar (Developers)

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Ro’yxatdan o’tishning boshlanishi
  • Ro’yxatdan o’tishning yakuni
  • Vazifalar taqdimoti va jamoalar aniqlanishi
  • Jamoaviy ish / Butkemplar
  • Demo kuni va taqdirlash marosimi

Jamoani roʻyxatdan oʻtkazish 2024-yil 30-iyulgacha davom etadi. Jamoangizni BU YERDA roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza toʻldirishdan avval rasmiy saytdagi maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!