×

Energy Expert Training Center: Energetika mutaxassislarini tayyorlov kursi – qatnashish bepul


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

702 marta

CHOP ETILGAN

23.08.2024

Qayerda: Oʻzbekiston

Kimlar uchun: Energiya sohasiga qiziquvchi, energiy xarajatlarini kamaytirishni xohlovchi mutaxassis, talaba, tadbirkor va boshqalar uchun

Ariza topshirish muddati: 2024-yil, 19-sentabr

Energy Expert Training Center (EETC) – bu O’zbekiston Energetika vazirligi va Koreya Energiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan energetika sohasida mutaxassislarni tayyorlash kursi bolib, u malakali ekspertlarni tayyorlash hamda energiya diagnostika tizimini rivojlantirish orqali O’zbekistonda energiya samaradorligini oshirishni maqsad qilgan.

Bunga erishish uchun kurs davomida O‘zbekiston Energetika vazirligi, Yangi va qayta tiklanuvchi energiya instituti, Koreya Energiya agentligi va Koreya iqlim o‘zgarishi instituti mutaxassislari ma’ruzachi sifatida qatnashadilar.

Energetika mutaxassislarini tayyorlov kursi 2024-yil 26-27 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Ajou universitetida bo’lib o’tadi. Kursga 20-25 kishi qabul qilinadi.

Kurs materiallari ingliz tilida, lekin ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish talab etilmaydi (kursda maʼruzachilar oʻzbek va rus tillarini hamma narsani tushuntiradi).

EETC o’quv kursi uch bosqichga bo’linadi: Basic, Advanced va Master. Ishtirokchilar Basic va Advanced kursini tugatgandan so‘ng markaz tomonidan sertifikat bilan taqdirlanadi. Master kursini tamomlagandan so‘ng esa O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan energetika bo‘yicha mutaxassislik sertifikatiga ega bo‘ladilar.

Kursga quyidagilar ariza topshirishi mumkin:

  • Energiya sohasiga qiziquvchilar
  • Energiya xarajatlarini kamaytirishni xohlovchilar
  • Energiya sohasida tahsil olayotgan talabalar
  • Energiya sohasidagi mutaxassislar
  • Qayta tiklanuvchi energiya bilan bog‘liq biznes loyihalarini rejalashtirayotganlar

Afzalliklari:

  • Ishtirok etish mutlaqo bepul
  • Kundalik hayotda energiyani tejash bo‘yicha maslahatlar
  • Energetika sohasidagi mutaxassislar bilan netvorking (tanishish) va boshqalar.

2-Basic kurs 26-27 sentyabr kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan va quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • Energiya haqida umumiy tushuncha
  • Iqlim o‘zgarishining hozir kundagi holati va unga qarshi global chora-tadbirlar
  • Energiya diagnostikasi va diagnostika usullarining ahamiyati
  • Energiya samaradorligi va uning xarajatlarini kamaytirish
  • Energiya diagnostikasi uskunalaridan foydalanish

Hozirgi kunda EETC iyul oyida o‘tkazilgan kurs qatnashchilari tomonidan to’ldirilgan so’rovnoma asosida yaxshiroq ma’ruzalarni taqdim etish ustida ishlamoqda.

Arizalar 2024-yil 19-sentabrgacha onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi.

Iyul oyida o‘tkazilgan Energetika mutaxassislarini tayyorlov kursi haqida:

1- Basic kursi 15-16 iyul kunlari O‘zbekiston Energetika vazirligi va Koreya Energiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan Energy Expert Training Centerʼda bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kurs turli sohalardagi ishtirokchilarni, jumladan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari instituti, Energiyani tejash jamg’armasi va Toshkent shahridagi Adju universitetidan bo‘lgan qatnashchilarni bir joyga jamladi. Kursda O‘zbekistondagi energetika tizimining hozirgi holati, iqlim o‘zgarishiga bo‘lgan munosabat, energiya samaradorligining ahamiyati, energiya diagnostika usullari kabi asosiy mavzular yoritib berildi.

O’zbekiston Energetika vazirligi, Koreya Energiya agentligi va KICCdan tashrif buyurgan energiya mutaxassislari ma’ruzachilar sifatida ishtirok etishdi.

Kurs qatnashchilaridan biri Basic kurs haqida shunday fikr bildirdi: “Kurs yaxshi tashkil etildi va men ushbu kursni ishxonamdagi boshqa xodimlarga tavsiya qilaman.”

Ayrim ishtirokchilar ingliz tilidagi materiallar bilan bog’liq qiyinchiliklarni qayd etdi.

Bu haqda rasmiylar shunday dedi: Dastlabki o‘quv kurslari davrida ingliz tili, ya’ni xalqaro til ishlatilgan, ammo kelgusi dasturlarimizda o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan darsliklardan foydalanish rejalashtirilmoqda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!