×

Toshkentda 10 dan ortiq sertifikat va diplomli kurs bepul oʻrgatilmoqda!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1938 marta

CHOP ETILGAN

12.10.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilgan “International inclusive hub” xalqaro markazida 14-30 yoshli barcha oʻrganuvchilar uchun bir qancha qisqa muddatli kurslar va professional taʼlim kurslari bepul oʻqitiladi.

Hozirda (2024-yil oktabr oyi holatiga koʻra) markazda quyidagi kurslar mavjud:

  • Robotexnika
  • Informatika
  • Ingliz tili
  • Media
  • Mobilografiya
  • Etnodizayn
  • Zamonaviy dizayn
  • Kulolchilik
  • Tasviriy sanʼat va rassomlik
  • Teatr sanʼati

Mazkur markazdagi kurslarda oʻqishning asosiy imtiyozli jihatlari quyidagilardir:

  • Kurslar butunlay bepul (barcha qabul qilinganlar bepul oʻqitiladi).
  • Qisqa muddatli kurslarni bitirganlar sertifikat, professional taʼlim kurslarini bitirganlar diplom bilan taqdirlanadi.
  • Kurslar inklyuziv bo‘lib, markaz tomonidan yoshlarga ishga joylashish hamda ishlab chiqqan mahsulotlarini marketlarda joylashtirishda ko‘mak beriladi.

Maʼlumot uchun: Qisqa muddatli kurslar 3-6 oy, professional taʼlim kurslari esa 6 oydan 2 yilgacha davom etadi.

Bu markazning asosiy maqsadi alohida ehtiyojlari bo‘lgan yoshlarga qoʻshimcha taʼlim imkoniyatlarini yaratish boʻlsa-da, alohida ehtiyojlari bo‘lmagan yoshlar ham ushbu kurslarda oʻqishi va kasb oʻrganishi mumkin.

Kurslarga havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://iihub.uz/uz/reg/

Ushbu markaz faoliyati, mavjud kurslar, ularga qabul talablari va boshqalar haqida batafsil maʼlumot olish uchun “International inclusive hub”  markaziga murojaat qilishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!