×

Apple Developer Academy: dasturlashga qiziquvchilar uchun Italiyada bepul dastur


Grant

MUHLAT

21.03.2025

QOLGAN VAQT

44 kun

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1990 marta

Apple Developer Academy dasturi dunyoning turli burchaklaridan kelgan, texnologiya sohasida innovatsion ekotizimga qadam qo’yishni istagan yoshlar uchun tashkil etilgan. Dastur davomida ishtirokchilar Swift dasturlash tilida ilovalar yaratishni o’rganadilar, shuningdek, hamkorlik va taqdimot ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

Dastur 2025-yil 29-sentabrda boshlanadi va 9 oy davom etadi. O’quv jarayoni Challenge Based Learning (CBL) usuliga asoslangan bo’lib, ishtirokchilarni o’z komfort zonalaridan chiqib, real dunyo muammolarini hal qilish uchun kundalik hayotlarida kerakli texnologiyalardan foydalanishga undaydi. Dasturning bu mavsumi uchun uchun 220 nafar ishtirokchi qabul qilishni rejalashtirgan va darslar to’liq ingliz tilida bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

2025-yil 29-sentabrda kamida 18 yosh boʻlgan dasturlashga qiziquvchi nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Iqtisodiy imtiyozlar quyidagicha:

  • Dasturda ishtirok etish bepul.
  • Har bir ishtirokchi MacBook va iPhone bilan ta’minlanadi.
  • Dastur oxirida 750 soatlik mashg’ulotlarning kamida 80% qismiga qatnashgan talabalar stipendiya olish imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlar o’z mamlakatlarida maktab yoki kollej/akademik litseyni tamomlagan bo’lishi kerak. 
  • Nomzodlar 2025-yil 29-sentabrga qadar 18 yoshga to’lgan bo’lishlari kerak.
  • Ingliz tilini bilish darajasi suhbat davomida aniqlanadi; IELTS sertifikati talab etilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Ariza topshirish: Arizalar onlayn tarzda 2025-yil 21-mart, O’zbekiston vaqti bilan soat 13:00 gacha BU YERDA qabul qilinadi. 
  • Onlayn test: Ariza topshirgan nomzodlar onlayn testdan o’tadilar. Test sanasi va tafsilotlari ariza topshirish muddati tugagandan so’ng e’lon qilinadi.
  • Onlayn suhbat: Test natijalariga ko’ra muvaffaqiyatli nomzodlar onlayn suhbatga taklif etiladi. Suhbat davomida ingliz tilini bilish darajasi va boshqa ko’nikmalar baholanadi.
  • Natijalar: Yakuniy natijalar rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi.

ESLATMA: dasturga topshirishdan avval rasmiy saytdagi maʼlumotlar va dastur qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Eng ko’p berilgan savollar va ularning javobi bilan bu yerda tanishing.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: developeracademy@unina.it 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!