×

Saudiya Arabistonida talabalar uchun 4 haftalik to’liq moliyalashtiriladigan yozgi tadqiqot dasturi


Grant

MUHLAT

16.04.2025

QOLGAN VAQT

15 kun

HUDUD

O'QILGAN

507 marta

KAUST tomonidan tashkil etilgan Photonics Summer Camp (PSC) dasturi  4 hafta davom etuvchi to‘liq moliyalashtirilgan ilmiy tadqiqot dasturidir. Ishtirokchilar zamonaviy fotonika sohasidagi ilg‘or laboratoriyalarda tajriba asosida tadqiqot olib borishadi. Shuningdek, dastur davomida qatnashchilar laboratoriya tajribalari hamda zamonaviy nanofabrikatsiya va tasvirlash uskunalaridan foydalanish bo’yicha texnik treninglarda qatnashadilar.

Dastur davomida quyidagi yo‘nalishlarda tadqiqotlar amalga oshiriladi:

  • Yarimo‘tkazgichli lazerlar
  • Fotonik integratsiyalangan sxemalar
  • Kvant texnologiyalari
  • Optik aloqa
  • Neyromorfik hisoblash
  • Giperspektral tasvirlash tizimlari

Dastur 4 hafta, ya’ni 2025-yil 1-iyuldan 31-iyulgacha davom etadi. Barcha mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi. Tadqiqot va treninglar Shoh Abdulloh Fan va Texnologiya Universitetining (KAUST) Saudiya Arabistonida joylashgan zamonaviy kampusida tashkil etiladi.

Grant kimlar uchun?

Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi, fizika yoki shu sohalarga aloqador sohalar boʻyicha bakalavriatning oxirgi kurs talabalari, bakalavriatni yaqinda bitirganlar hamda hozirda ushbu sohalarda ta’lim olayotgani magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya taqdim etiladi.
  • Viza olishda  va logistika bilan bog‘liq xarajatlarda yordam beriladi.
  • Ishtirokchilar KAUST kampusida bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Dunyo darajasidagi tadqiqot resurslari va uskunalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Dastur muvaffaqiyatli yakunlangandan so’ng sertifikat beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi, fizika yoki shularga aloqador sohalarda ta’lim olayotgan magistratura talabalari, bakalavriatning oxirgi kurs talabalari va yaqinda bakalavriatni tamomlaganlar ariza topshira oladi.
  • O’rtacha bahosi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3,5 bo’lishi kerak (bu 100 ballik tizimda 83 ball degani).
  • Ingliz tilini yetarlicha yaxshi bilishi lozim.
  • Tadqiqot loyihalarida ishlash uchun  kuchli motivatsiyaga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar dasturda qatnashish uchun 2025-yil 16-aprelgacha  BU YERDA onlayn ariza topshirishi kerak.

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Rezyume (CV).
  • Universitetda olingan rasmiy baholar (ingliz tilida).
  • Pasport nusxasi.

Saralangan nomzodlar intervyuga taklif etiladi. Intervyudan o’tgan nomzodlar dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.

 MUHIM: Ariza tophirishdan oldin  rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing. 

Ariza topshirishda texnik muammolarga duch kelsangiz, CEMSE.Internships@kaust.edu.sa manziliga email orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!