Qayerda: Oʻzbekiston
Kim uchun: Nukus, Buxoro, Fargʻona, Samarqand va Toshkentda yashovchi 9-10-sinf o‘quvchilari uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2025-yil 30-aprelgacha
Asosiy maʼlumot
English for IT Summer Camp 2025 Amerika elchixonasi tomonidan 9-10-sinf o‘quvchilari uchun maxsus tashkil etilgan bo‘lib, 17 kunlik intensiv dastur orqali ingliz tili va IT sohasidagi bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur davomida ishtirokchilar IT sohasida amaliy tajriba orttiradi, ingliz tilida texnik atamalarni o‘rganadi va muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Shuningdek, ular jamoaviy ish, liderlik va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnashadilar. Dastur to’liq ingliz tilida bo’lib o’tadi.
Dastur mashgʻulotlari Nukus, Buxoro, Fargʻona, Samarqand va Toshkent shahrida tashkillashtiriladi.
Manfaatli jihatlari:
- Dastur bilan bogʻliq xarajatlar AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan qoplanadi (transport va yotoqxona xarajatlaridan tashqari).
- Ishtirokchilar mahalliy va amerikalik mutaxassislar tomonidan 17 kun davomida o‘qitiladi.
- Qatnashchilar dastur davomida katta amaliy tajribaga ega bo’ladi.
Talablar:
- Nomzodlar ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumta’lim maktablari yoki ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 yoki 10-sinflarida yoxud Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) huzuridagi Prezident maktablarida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzodlar axborot texnologiyalari, kompyuter fanlari yoki tegishli sohalarga qiziqishi kerak. Buni maktab IT klublari yoki tanlovlarida ishtirok etish/etganlik, shaxsiy loyihalar yoki IT bilan bogʻliq sevimli mashgʻulotlar orqali koʻrsatish mumkin
- Ingliz tilini (yozma va ogʻzaki) yetarli darajada bilishi zarur.
- Dastur mashgʻulotlarida toʻliq qatnashishga tayyor boʻlish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzodlar 2025-yil 30-aprelgacha onlayn arizani topshirish zarur. Ariza topshirish uchun dastlab hisob (akkaunt) ochish kerak.
Dasturga qabul boʻyicha rasmiy eʼlon bilan tanishing.
Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Telegram bot: @AskEng4IT_bot
Email: eng4it@americancouncils.org