×

Youth Vision Debate Tournament 2025: Markaziy Osiyo va Afg‘onistondan bo’lgan oʻquvchi va talabalar uchun ingliz tilida munozara musobaqasi


Grant

MUHLAT

25.05.2025

QOLGAN VAQT

29 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

17 marta

C5+1 Youth Council tomonidan Markaziy Osiyo va Afg‘onistondan bo’lgan o‘rta maktab va universitet yoshlari uchun Youth Vision Debate Tournament 2025 musobaqasi tashkil etilmoqda. Dastur 2025-yil 8-9-iyun kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Ushbu ikki kunlik tadbir bahs-munozara va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1-kun: Workshoplar

  • Parlament uslubidagi bahs-munozaralar bo‘yicha treninglar.
  • Tanqidiy fikrlash va omma oldida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
  • Mashq bahslar (mock debate) va shaxsiy fikr-mulohazalar bilan ta’minlash.

2-kun: Yakuniy bahs-munozara turniri

  • Mintaqaviy xavfsizlik, so‘z erkinligi va sun’iy intellekt mavzulari bo’yicha fikr almashish.
  • Xalqaro va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qiluvchi jamoaviy bahslar.

Dastur to’liq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Markaziy Osiyo mamlakatlari yoki Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan 10–11-sinf o‘quvchilari va universitet talabalari

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Quyidagi davlatlardan Toshkentga safar qiluvchi tanlangan ishtirokchilar uchun yo‘l va yashash xarajatlari qoplanadi:

  • Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston.
  • O‘zbekiston (faqat Toshkentdan boshqa hududlardan keluvchilar uchun).
  • O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan Afg‘oniston va Turkmaniston fuqarolari.

Barcha ishtirokchilar quyidagilarga ega bo‘ladi:

  • Rasmiy ishtirok sertifikati.
  • Yetakchilik, jamoada ishlash va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati.
  • Yangi do‘stlar orttirish.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari yoki Afg‘oniston fuqarosi bo‘lishi kerak.
  • 10–11-sinfda o‘qiyotgan yoki universitetda tahsil olayotgan bo‘lishi lozim.
  • Ingliz tilini tushunish va muloqot qila olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun O’zbekiston vaqti bilan 2025-yil 24-may 23:59 gacha  bu havola orqali onlayn shaklni to‘ldiring. Ariza ikki kishilik jamoa shaklida topshirilishi kerak (har bir jamoa 2 kishidan iborat bo‘ladi). Joylar cheklangan, birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan jamoalarga ustuvorlik beriladi.

Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

ESLATMA: dasturga topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan yaxshilab tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!