Samarqand viloyati hokimligi “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichi uchun eng yaxshi belgi (logotip) tanlovi eʼlon qildi. Bu tanlovning maqsadi – “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichi uchun ushbu mahsulotning sifati, ta’mi va boshqa xususiyatlari, shuningdek, o‘zida ko‘p asrli madaniyatimiz va milliy an’analarimizni mujassam etgan o‘ziga xos belgini tanlab olish.
Tanlovning vazifalari – o‘zining sifati, ta’mi bilan nom qozongan va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadigan, o‘zida ko‘p asrli madaniyatimiz va milliy an’analarimizni mujassam etgan hamda xalqimiz, turistlar, xorijda istiqomat qiladigan vatandoshlarimizga tanish va farqlash imkoniyatini beradigan asl Samarqand nonining belgisini badiiy vositalar yordamida namoyon etish.
Grant kimlar uchun?
Grafik dizaynerlar, rassomlar, illyustratorlar, reklama sohasi vakillari va kreativ yurak egalari (yuridik va jismoniy shaxslar) uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov g‘olibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti (5 625 000 soʻm) bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama sohasida yoki ushbu faoliyatning turdosh sohalarida bilim va professional tajribaga ega barcha xohlovchi fuqarolar va ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Hujjat kiritilishida “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichi uchun eng yaxshi belgi tanloviga” deb ko‘rsatilishi shart.
Tanlov ishtirokchilari tanlovga yuborilgan ishlar uchinchi shaxslarning mualliflik huquqi yoki mulkiy huquqini buzmasligi, individuallashtirish vositalari (tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va boshqa) sifatida ro‘yxatga olinmaganini yoki ular bilan adashtirib yuborish darajasida yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lmasligini hamda boshqa tanlovda ishtirok etmaganligini kafolatlaydi.
Tanlov g‘olibi deb topilgan belgi va uning materiallari Samarqand viloyat hokimligi mulkiga aylanadi va muallifga qaytarib berilmaydi.
“Samarqand noni” belgisi taqdim qilinadigan format:
- Belgining rangli va oq-qora variantlari, unda “Samarqand noni”, “Samarkand brand ” so‘zlari bo‘lishi kerak, elektron shaklda jpg formatida, eng kam o‘lchami kichik tomoni bo‘ylab 1000 piksel, ammo 10 mb.dan ortiq emas.
- Tanlov g‘olibi va sovrindorlari belgilarining fayllarni quyidagi tahrir qilinadigan raqamli vektor formatlaridan birida taqdim qilish majburiyatini oladi: EPS, AI, PDF, CDR.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlov uchun ishlar 2025-yil 10-may kuni soat 24:00 gacha samarqandnoni2025@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Tanlovga arizaga ilova qilingan holda quyidagilar topshirilishi kerak:
- “Samarqand noni” belgisi elektron ko‘rinishda.
- “Samarqand noni” konsepsiyasining loyihasi.
“Samarqand noni” konsepsiyasida bayon etiladigan ma’lumotlar:
- MS Word formatida belgining vizual yechimi ta’rifi: g‘oyasi, elementlari, rangli yechimi, muallif ixtiyoriga ko‘ra boshqa ma’lumotlar.
- Mualliflarning xohishiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar berilishi mumkin.
Tanlov Kengashi belgilarni baholashda quyidagi asosiy mezonlarga amal qiladi:
- yuksak badiiy daraja;
- tasviriy vositalarning ifodaliligi va lo‘ndaligi;
- anglash qulay va tanish bo‘lishi;
- ifoda vositalarining lo‘nda va qisqa ekanligi;
- grafik yechimning betakrorligi.
Eslatma: Dastlab tanlov shartlari bilan batafsil tanishib chiqing.
Tanlov bilan bog‘liq savollar bo‘yicha murojaat qilish uchun:
Tel: (66) 230-42-50; (66) 230-42-49
Email: samarqandnoni2025@gmail.com