UNICEFning Jamoatchilik bilan hamkorliklar bo‘limi 6 oylik haq to’lanadigan amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Internship on UN Partnerships amaliyot dasturi shu bo’limning kundalik ishlarida yordamlashib, amaliy tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi. Amaliyot to’liq stavkada, haftasiga 40 soat ish hajmini talab qiladi va AQShning Nyu-York shahrida yoki onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyot uchun jamoatchilik bilan hamkorlik ishlariga yaqin sohalar – xalqaro munosabatlar, ijtimoiy fanlar, rivojlanish va shunga yaqin sohalarda magistraturada o’qiydigan, yoki magistratura diplomini olgan mutaxassislar saralab olinadi.
Amaliyotchining vazifalari:
- BMT tizimidagi islohotlar va muhim muhokamalarni tahlil qilish
- UNICEFning ko‘p tomonlama va agentliklararo hamkorliklarini muvofiqlashtirish
- Rasmiy yig‘ilishlar uchun ma’lumotlar tayyorlash va xulosa yozish
- Hamkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish
- UNICEF ish o’rinlari e’lonlarini doimiy yangilab borish
- Bosh qarorgoh va boshqa BMT agentliklari bilan kundalik aloqalarni yuritish
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlash va hamkorliklar faoliyatini yoritish
Grant kimlar uchun?
Xalqaro munosabatlar, ijtimoiy fanlar, rivojlanish sohasi va shunga aloqador yo‘nalishda magistraturada o’qiydigan yoki magistrlik diplomiga ega mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur quyidagi imtiyozlarni taklif qiladi:
- Amaliyotchilarga belgilangan tartibda va miqdorda oylik stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori rasmiy e’londa ko’rsatilmagan. Shuningdek, mablagʻlar mavjudligiga qarab, bir martalik yordam puli, safar va viza xarajatlari uchun yordam puli ham taqdim qilinishi mumkin.
- Ushbu amaliyot dasturi onlayn tarzda yoki Nyu-Yorkdagi ofisda amalga oshirilishi mumkin. Agar amaliyotchi shaxsan qatnashishni tanlasa, AQShga kelish uchun G-4 vizasi talab qilinadi. UNICEF viza uchun taklifnoma va dasturga qabul qilinganlik haqida ma’lumotnoma yuboradi.
Amaliyotchi sug’urta va salomatlik bilan bog’liq xarajatlarni o’z zimmasiga olishi kerak.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
- Xalqaro munosabatlar, ijtimoiy fanlar, rivojlanish yoki shu kabi yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura bosqichini yaqinda tamomlagan yoki hozirda tahsil olayotgan bo‘lishi kerak. Ushbu sohalarga oid bilim va qiziqish.
- Microsoft Office dasturlari, ayniqsa Word, Excel va PowerPoint bilan yuqori darajada ishlay olish ko‘nikmasiga ega boʻlish.
- Ingliz tilini mukammal bilish shart. BMTning boshqa rasmiy tillaridan birini (arab, xitoy, fransuz, rus yoki ispan) bilish esa qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Amaliyotga ariza topshirishning oxirgi kuni 2025-yil 11-iyun. Onlayn arizani bu yerda topshirishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot uchun rasmiy havolaga tashrif buyuring. Hujjat topshirishda CV, motivatsiya xati, baholar yoki diplom kabi hujjatlar talab qilinadi.