Qayerda: O’zbekiston
- Kvota (grant) asosida o‘qish: Toshkent shahrida, bir o‘quv yili davomida
- Shartnoma asosida (pulli) o‘qish: To‘liq onlayn formatda
Kimlar uchun:
- Kvota (grant) asosida oʻqish uchun: Davlat OTMlarining 2-bosqichini tugatib, 3-bosqichga o‘tayotgan talabalar
- Shartnoma asosida (pulli) oʻqish uchun: Istalgan OTM va kursda o‘qiyotgan talabalar
Ariza topshirishning muddati: 2025-yil 10-avgust, soat 23:59
Asosiy ma’lumot:
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kursi – talabalar uchun yaratilgan 1 o’quv yiliga mo’ljallangan kurs hisoblanadi. Data Science — bu sun’iy intellekt, mashinani o‘rgatish texnologiyalari va katta ma’lumotlar bilan ishlash asosida qarorlar qabul qilishni o‘rgatuvchi innovatsion kurs.
Ushbu kurs 1 o’quv yiliga mo’ljallangan bo’lib, unda onlayn yoki oflayn Toshkentda o’qigan holda qatnashish mumkin.
Kurs davomida qatnashchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallaydi:
- Python, SQL, Power BI, ML, AI, FastAPI, Spark, Docker kabi texnologiyalar bilan ishlash.
- Statistik tahlil va dashboard qurish.
- Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va farazlarni tekshirish.
- Ingliz tilini IELTS 5.5 darajasida rivojlantirish.
Kvota asosida oʻqishda manfaatli jihatlar:
- 160 nafar eng yaxshi nomzod Toshkentda toʻliq grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
- Akademik mobillik: agar kvota asosida qabul qilingan talaba Toshkent shahridan boshqa yerda tahsil olayotgan boʻlsa, oʻqishini Toshkent shahridagi universitetlardan biriga mos yoʻnalishga koʻchiradi va 1 o‘quv yili davomida poytaxtda o‘qiydi. Ushbu kurs mashgʻulotlari talabalarning universitetdagi darslaridan tashqari vaqtda oʻtkaziladi. Oʻqishni koʻchirishda talabaga bevosita rasmiy xat bilan yordam beriladi.
- Har oy 1 320 000 so‘m stipendiya beriladi.
- Bepul issiq ovqat hamda shaxsiy noutbuk, internet va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanadi.
- IT Park rezidentlari bilan amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Shartnoma asosida ishtirok etuvchilar uchun imkoniyatlar:
- Onlayn o‘qish.
- Mentorlar bilan aloqa, treninglar, loyihaviy mashg‘ulotlar.
- Portfolio tuzish imkoniyati.
MUHIM: Shartnoma asosida tahsil olish pulli – 1 yillik butun kurs narxi taxminan 13 mln soʻm atrofida.
Barcha ishtirokchilar quyidagilarga ega bo‘ladi:
- Sertifikat va kursni tugatganlik haqidagi rasmiy hujjat.
- Yaxshi natija ko‘rsatganlarga IT sohasi bo‘yicha tavsiyanomalar.
- Real loyihalar ustida ishlash va startapga integratsiya qilish ko‘nikmalari.
Talablar
Kvota asosida o‘qish uchun quyidagi talablarga mos boʻlish lozim:
- Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari;
- Joriy yil 2-bosqichni tugatib, 3-bosqichga o‘tgan;
- Akademik qarzdorligi bo‘lmagan;
- OTM ijtimoiy hayotida faol ishtirok etuvchi (tavsiyanoma);
- Ingliz tilini bilish darajasi IELTS 5.5-6.5;
- Web, Android, IOS kabi dasturiy ta’minot yozish ko‘nikmalariga ega;
- IQ test natijasi yuqori;
- Matematika va informatika fanlarini mukammal o‘zlashtirgan;
- Muloqotga kirisha oladigan va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega;
- Ilmiy faolligi yuqori (maqola, darslik, dasturiy ta’minot, ixtiro egasi);
- Izlanuvchan va tirishqoq (qo‘yilgan muammoni yechish uchun ilmiy yondashadigan va boshlangan ishni oxiriga yetkazadigan);
- Xalqaro IT sertifikatga ega.
Shartnoma asosida o‘qish uchun quyidagi talablarga os boʻlish lozim:
- Istalgan OTM va istalgan kurs talabalari;
- OTM ijtimoiy hayotida faol ishtirok etuvchi (tavsiyanoma);
- IQ test natijasi yuqori;
- Muloqotga kirisha oladigan va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega;
- Izlanuvchan va tirishqoq (qo‘yilgan muammoni yechish uchun ilmiy yondashadigan va boshlangan ishni oxiriga yetkazadigan);
Ariza topshirish tartibi
Arizalar 2025-yil 10-avgust, 23:59 gacha fonlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi (Kvota yoki shartnoma asosida topshirishga qaror qilgach, “Ariza topshirish” tugmasini bosing).
Kerakli hujjatlar (PDF shaklida):
- Pasport yoki ID karta nusxasi.
- Joriy GPA ko‘rsatilgan transkript.
- Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (HEMIS).
- Motivatsion xat (kamida 2 bet).
- Sertifikatlar, tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa).
- Portfolio (dasturiy ishlanmalar, loyihalar)
Tanlov bosqichlari:
- Hujjatlarni onlayn baholash.
- IQ test (xorijiy vendor orqali, onlayn).
- Informatika va matematika fanlaridan imtihon (offlayn).
- Suhbat va taqdimot (offlayn).
Nomzodlarni saralashdagi baholash mezonlari bilan BU YERDA tanishing.
Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.