×

HackUnicorn Summer Camp 2025: Startapiga ega 18-30 yoshli nomzodlar uchun yozgi lager


Grant

MUHLAT

21.07.2025

QOLGAN VAQT

10 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

35 marta

HackUnicorn Summer Camp — bu Yoshlar ishlari agentligi va Youth Ventures hamkorligida tashkil etilgan eksklyuziv oromgoh bo‘lib, ishtirokchilar o‘z startaplarini MVP’dan to biznes modelgacha rivojlantiradilar.

Lager davomida Silicon Valley va Y-Combinator ekspertlari bilan mahorat darslari, loyihaviy ishlanmalar, pitching va networking sessiyalar tashkil etiladi.

Kampaniya yakunida eng yaxshi startaplar $5000 gacha investitsiya va 6 oylik mentorship yutib olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Mazkur lagerga quyidagi yoʻnalishlardagi startaplar qabul qilinadi:

  • AI / Machine Learning
  • Cyber Security
  • SaaS (Software as a Service)
  • EdTech

Ush dastur mashgʻulotlari Bo‘stonliq tumanining (Toshkent viloyati) Yoshlar oromgohida 2025-yil 31-iyul – 5-avgust kunlari oʻtkaziladi.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli va kamida MVP bosqichiga yetgan startap egalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • Ishtirok etish bepul. Shuningdek, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminalanadi
  • Real MVP ustida ishlash va feedback olish
  • Mentorlar bilan individual ishlash
  • Startapni investorlar qarshisida taqdim etish (final pitching)
  • Maxsus spikerlar, investorlar va tajribali mutaxassislar bilan tanishuv
  • Netvorking va startap ekotizimiga kirish
  • Eng yaxshi startaplar $5000 gacha investitsiya va 6 oylik mentorship yutib olish imkoniga ega bo‘ladi

Talablar:

Talablar quyidagicha:

  • Kamida MVP darajasidagi startap egalari qatnasha oladi.
  • Nomzodlar 18–30 yosh orasida boʻlishi kerak.
  • O‘z loyihasini taqdim eta oladigan, jamoa bilan ishlay oladigan, fidokor va izlanishga tayyor boʻlish lozim.
  • Kamida 2 kishilik jamoa sifatida ariza topshirish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2025-yil 20-iyul 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA topshirish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!