×

ISMA: Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Farg‘onadagi yagona universitet


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

29 marta

CHOP ETILGAN

10.07.2025

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentyabrdagi “Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3952-sonli qarori bilan Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining (ISMA) Farg‘ona shahridagi filiali tashkil etilgan.

Bu filialda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha Yevropa standartlariga mos keluvchi xalqaro ta’lim dasturlari (bakalavriat va magistratura) bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • biznes boshqaruvi;
  • turizmda biznes boshqaruvi;
  • axborot tizimlari

Universitetda o’qitish kunduzgi va masofaviy shakllarda tashkil qilinib, darslar ingliz va o’zbek tillarida sohaning yetakchi xorijiy professor o’qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Universitet talabalariga ham O’zbekiston Respublikasida, ham Yevropa Ittifoqi davlatlarida tan olinadigan namunadagi diplom taqdim qilinadi. Ushbu diplom bilan ISMA bitiruvchisi nafaqat O’zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham faoliyat yuritishi mumkin bo’ladi.

2024-yilning aprel oyida ISMA Farg’ona filiali Yevropa Ittifoqining Ta’lim dasturlari akkreditasiya jarayonidan muvaffaqiyatli o’tib, Fargʻonadagi yagona xalqaro akkreditatsiyaga ega xorijiy universitetga aylandi. Bu o‘z o‘rnida ushbu filial diplomining xalqaro darajasi yanada oshganligini e’tirof etadi.

Filial talabalari uchun bir qancha qo’shimcha shart-sharoitlar yaratilgan. Masalan:

  • talabalar uchun xorijiy tillarni mukammal o’rganish uchun ispan va ingliz tili kurslari faoliyat yuritadi;
  • talabalar xorij tajribasi bilan yaqindan tanishish, ingliz tilini amaliyotda qo‘llash ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida “WORK and TRAVEL” dasturi asosida Yevropa Ittifoqi davlatlarida yozgi haq to’lanadigan amaliyot dasturlarida ishtirok etishi;
  • Yevropa Ittifoqida (Latviya) o’qishni davom ettirish istiqboli;
  • talabalar uchun mustaqil o’qish ko’nikmalari va ijodiy salohiyatni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlar;
  • grant joylarini qo‘lga kiritish imkoniyati (har yili 20 nafardan oshiq talabaga grant ajratiladi va ular bepul oʻqiydi).

Bugungi kunda Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tamomlagan bitiruvchilar mahalliy va xalqaro mehnat bozorlarida samarali faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan, Filial bitiruvchilari O‘zbekistonning davlat va hukumat idoralarida, banklar va moliya tashkilotlarida, turizm va tadbirkorlik sub’ektlarida, shuningdek, AQSH, Saudiya Arabistoni va Yevropa Ittifoqining qator davlatlarida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar. Bu esa Filialda ta’lim sifatining yuqoriligini ko’rsatadi hamda mehnat bozorida o’z o’rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoni samarali yo’lga qo’yilganligini bevosita isbotidir.

Bir so’z bilan aytganda, Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filiali talabasi boʻlsangiz Siz uchun sifatli ta’lim, ilg’or o’qitish texnologiyalari, xorijning yetakchi universitetlarida o’qish va amaliyot dasturlarida ishtirok etish, nazariy ta’limdan amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi imkoniyatlari yaratiladi hamda har bir talabaga individual yondashuv asosida professional o’sish istiqbollari belgilanadi.

ISMA University rasmiy sayti: ismaeu.uz
Telegram kanali: t.me/ISMA_Qabul
Barcha muhim havolalar: ismaedu.taplink.ws

📍 Manzil:
Farg‘ona shahri, Al-Farg’oniy ko‘chasi, 48-uy
(“Axborot tizimlari menejmenti” Oliy maktabi – ISMA universiteti Farg‘ona filiali)

Yuqoridagi rasmda: AIKA 2024-yilda ISMA Farg‘ona filialida ta’lim yo‘nalishlarini baholash tashrifini o‘tkazgan

 

Yuqoridagi rasmda: ISMA Universitet Farg’ona filiali bitiruvchilari

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!