×

O’zbekistonda yashovchi 14-30 yoshlilar uchun “Youth for Peace” ijodiy ishlar tanlovi


Grant

MUHLAT

11.08.2025

QOLGAN VAQT

23 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

451 marta

C5+1 Youth Council tomonidan Youth for Peace loyihasi doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar orasida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi. Tanlovda ishtirokchilar tinchlik, bag‘rikenglik va madaniyatlararo hurmat mavzularini yorituvchi quyidagi turdagi san’at asarlarini taqdim etishlari mumkin:

  • Rassomlik ishlari
  • Raqamli san’at (digital art)
  • She’riyat

Tanlovning maqsadi – yoshlarning tinchlik haqidagi qarashlarini jamiyatga yetkazish, san’at orqali ijtimoiy muhokamalarni kuchaytirish va madaniy aloqalarni mustahkamlash.

Grant kimlar uchun?

O'zbekistonda yashovchi 14-30 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblariga sovg‘alar va C5+1 Youth Council tashkiloti yorlig’i tushirilgan promomahsulotlar (merch) taqdim etiladi.
  • Tanlab olingan ishlar ommaviy ko‘rgazmalarda namoyish qilinadi.
  • Shuningdek, saralangan ijodiy ishlar C5+1 Youth Council ijtimoiy tarmoqlari orqali keng targ’ib qilinadi

Talablar:

Dasturda O’zbekiston hududida yashovchi 14-30 yoshli barcha ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnshish uchun o’z ijodiy ishlaringizni 2025-yil 10-avgust O’zbekiston vaqti bilan 23:59 gacha BU YERDA onlayn taqdim etishingiz mumkin. Har bir ishtirokchi 5 tagacha JPG, PNG, PDF formatdagi ijodiy ishlarini  (hajmi 10 megabaytdan oshmagan holda) topshirishi mumkin. Taqdim etilgan ishlar dastur mavzusiga aloqador bo’lishi hamda ingliz tilida bo‘lishi lozim.

Baholash mezonlari:

  • Mavzuga muvofiqligi – 40%
  • Ijodiy yondashuv – 30%
  • Ijtimoiy ta’sir va xabar yetkazish kuchi – 30%

Tanlov ishlarini O‘zbekiston va Qirg‘izistondan san’atkorlar, loyihani tashkil etuvchi jamoa a’zolari hamda tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar baholab boradi.

Ariza topshirishdan avval dastur rasmiy e’loni bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!