×

BRICS-SCO Young Leaders Award 2025: 18-35 yoshdagilar uchun xalqaro yetakchilar tanlovi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

292 marta

CHOP ETILGAN

15.07.2025

Qayerda: Rossiya, Qozon shahri

Kim uchun: BRICS yoki SHHT davlatlaridan bo‘lgan 18–35 yoshlilar

Ariza topshirish muhlati: 2025-yil 18-iyul, 01:59

Asosiy ma’lumot:

Academy of Youth Diplomacy va boshqa tashkilotlar hamkorligida yetakchi yoshlar uchun BRICS-SCO Young Leaders Award 2025 tanlovi o’tkazilmoqda. Ushbu mukofotning asosiy maqsadi BRICS va SHHTga a’zo davlatlarda istiqomat qiluvchi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular tomonidan jamiyat uchun ahamiyatli sohalarga qo‘shilgan hissani e’tirof etish, yoshlarni o‘zaro hamkorlikka jalb qilish hamda ularning BRICS va SHHT doirasida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

Tanlov 2025-yil 18–19-avgust kunlari Qozon shahrida (ingliz tilida) o‘tkaziladi. 

Nominatsiyalar:

  1. Yilning yosh media ta’sir ko‘rsatuvchisi (influencer)
  2. Yilning ijtimoiy yechim loyihasi
  3. Yilning ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihasi
  4. Yilning xalq diplomatiyasi loyihasi
  5. Yilning ekologik tashabbusi

Har bir yo‘nalishda g‘oliblar Ekspert hay’ati tomonidan aniqlanadi va tantanali taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

Mukofotlar:

  • Har bir nominatsiyada g‘oliblarga BRICS-SCO Award statuetkasi, rasmiy sertifikat, tashkilotchilar brendi tushirilgan mahsulotlar beriladi.
  • G‘oliblar Qozon shahridagi rasmiy marosimga taklif etiladi va professional-madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Umumiy talablar (barcha yo‘nalishlar uchun):

  • Nomzod 18–35 yoshda bo‘lishi kerak.
  • Dasturda biror loyiha muallifi, asoschisi yoki rahbarlari qatnasha oladi. Ishtirokchilar BRICS yoki SHHT davlatidan bo‘lishi shart. O’zbekiston ushbu davlatlar qatoorida mavjud.
  • Loyiha 2024–2025-yillar davomida amalga oshirilgan bo‘lishi va ijtimoiy foyda keltirgan bo‘lishi kerak

Asosiy nominatsiyalar va maxsus talablar:

1. Yosh media ta’sir ko‘rsatuvchisi:

  • Eng kamida bitta ijtimoiy tarmoqda (Instagram, TikTok, YouTube, Telegram, X va boshqalar) 50 000 dan ortiq obunachiga ega bo‘lish shart.
  • Kontent tinchlik, ta’lim, barqarorlik, ruhiy salomatlik, jamiyatga qo‘shilish yoki madaniyatlararo muloqot mavzularini targ‘ib qilishi kerak.
  • Nafrat, ekstremizm, noto‘g‘ri axborot yoki salbiy kontent bo‘lmasligi kerak.
  • Statistikalar, hamkorliklar, media yoritilishi ilova qilinishi lozim.

2. Ijtimoiy yechim loyihasi:

  • BRICS yoki SHHT davlatlarida dolzarb ijtimoiy muammoni hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
  • BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga mos bo‘lishi kerak.
  • Aniq va o‘lchanadigan ijobiy natijalar ko‘rsatgan bo‘lishi kerak.
  • Notijorat xizmatlar, sog‘liqni saqlash, inkluziv ta’lim, ijtimoiy tadbirkorlik kabi sohalarni qamrab olsihi lozim.

3. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya loyihasi:

  • Asosiy g‘oya yoki innovatsion yechimga ega bo‘lishi kerak.
  • Soha cheklanmagan: ilm-fan, tibbiyot, texnologiya, muhandislik, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, huquq va boshqalar.
  • Nomzodda kamida bakalavr diplomi bo‘lishi kerak.
  • Loyiha 2024–2025 yillarda nashr etilgan yoki amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
  • Patent, maqola, startap, prototip, natija hujjatlari ilova qilinadi.

4. Xalq diplomatiyasi loyihasi:

  • Madaniyatlararo muloqot, tinchlik, o‘zaro tushunish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
  • Loyiha yoshlar almashinuvi, ta’lim diplomatiyasi, transchegaraviy loyihalar va boshqa shaklda bo‘lishi mumkin.
  • 2024–2025-yillar davomida amalga oshirilgan va ijtimoiy ta’sirini isbotlovchi materiallar bilan tasdiqlanishi kerak.

5. Ekologik tashabbus:

  • Atrof-muhit muammolariga barham berish, ekologik ongni rivojlantirish, yangiliklar joriy etishga qaratilgan bo’lishi lozim.
  • BMTning ekologiya va barqarorlikka oid maqsadlariga mos bo‘lishi kerak.
  • Ta’sir hisobotlari, jamoa fikri, media yoritilishi ilova qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 18-iyul 01:59 ga qadar BU YERDAN onlayn ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Ariza topshirishda o’z tashkilotingizdan tavsiya xati ham talab etiladi.

Ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon va dastur talablari bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha savol va murojaatlar uchun dastur kordinatori Ms. Juliya Devyatilovaga aloqaga chiqishingiz mumkin: academy@youthdiplomacy.ru, +79136944564.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!