AWE 3.0 Uzbekistan ayollar uchun mo‘ljallangan xalqaro trening va mentorlik dasturining uchinchi bosqichi bo‘lib, Qoraqalpog‘istondagi 30 nafar ayol tadbirkorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Dastur AQSh hukumati tashabbusi bilan butun dunyo bo‘ylab ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan bo‘lib, O‘zbekistonda uni OSON kompaniyasi va Tech4Impact NNT tashkil etmoqda.
AWE dasturi Arizona State University Thunderbird School of Global Management tomonidan ishlab chiqilgan “100 Million Learners” onlayn biznes kursi asosida tayyorlangan. Dastur davomida ishtirokchilar ushbu kursni o‘zlashtiradi, mahalliy va xalqaro biznes yetakchilari bilan trening va master-klasslarda qatnashadi, mentorlik sessiyalarida o‘z loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar oladi hamda Nukusdagi muvaffaqiyatli korxonalarga ekskursiyalarda bo‘ladi. Yakuniy bosqich Toshkent shahrida o‘tkaziladigan pitching tadbiri va mukofotlash marosimi bilan yakunlanadi.
Mazkur dasturga Qoraqalpogʻistondan boʻlgan 30 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.
Avvalgi mavsumlar natijasiga ko’ra, AWE dasturini tugatgan ishtirokchilarning 74 foizi o‘z biznes daromadlarini oshirgan, 29 foizi esa qo‘shimcha xodimlar yollaganligi aniqlangan. Bitiruvchilarning 90 foizi o‘ziga bo’lgan ishonchi ancha ortgan va strategik rejalashtirish hamda ommaviy nutq ko‘nikmalari yaxshilagan.
Grant kimlar uchun?
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi 25-40 yoshdagi kichik biznes egasi (muassis yoki hammuassis) bo‘lgan ayollar
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:
- Jahon darajasidagi biznes boshqaruvi bo‘yicha onlayn treninglarda qatnashish.
- Mahalliy biznes yetakchilari bilan mentorlik seanslarida ishtirok etish.
- Networking kuchaytirish va muvaffaqiyatli biznes-korxonalarga tashrif buyurish.
- Dastur yakunida sertifikat va AQSH Exchange Alumni tarmog‘iga a’zolik (qo‘llab-quvvatlash, boshlang‘ich moliyalashtirish va yangi biznes imkoniyatlariga ega bo‘lish) taqdim etiladi.
- Dastur ishtirokchilari uchun bepul bo‘lib, asosiy oflayn tadbirlarda qatnashish uchun yo‘l xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
Dasturga qatnashish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
- 25–40 yoshdagi ayol bo‘lish.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashash.
- Kamida bir yil davomida faoliyat yuritayotgan biznes egasi yoki hammuassisi bo‘lish (g‘oya bosqichida bo‘lmasligi kerak).
- Ingliz yoki rus tillaridan birini erkin bilish (onlayn darslar shu tillarda o‘tkaziladi).
- Har hafta kamida 4 soatni onlayn va oflayn sessiyalarga bag‘ishlash imkoniga ega bo‘lish.
- Kompyuter savodxonligi va onlayn darslar uchun kompyuter yoki smartfondan foydalanish imkoniyati bo‘lishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2025-yil 1-oktabr, soat 20:00 gacha BU YERDA onlayn ariza shaklini to’ldirishi lozim.
Muhim sanalar:
- Saralangan nomzodlar bilan 2025-yil 7–8-oktabr kunlari suhbat o‘tkaziladi.
- 2025-yil 10-oktabrda tanlov natijalari e’lon qilinadi.
- 2025-yil oktyabrdan dekabrgacha onlayn kurs, Nukusdagi biznes sessiyalar, xalqaro ekspertlar bilan seminarlar, networking tadbirlari va muvaffaqiyatli korxonalarga ekskursiyalar o‘tkaziladi.
- 2025-yil dekabr – 2026-yil yanvar oylarida individual mentorlik sessiyalari o‘tkaziladi.
- 2026-yil fevral oyida Toshkentda yakuniy pitching tadbiri va mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Eslatma: dasturga topshirishdan avval rasmiy e’lon va ariza topshirish shakli bilan tanishib chiqing.
AWE dasturi haqida batafsil BU YERDA ma’lumot olishingiz mumkin.