×

MEWC: Talabalar va universitetni yaqinda bitirganlar uchun Saudiya Arabistonida xarajatlari qoplanuvchi qishki oromgoh!


Grant

MUHLAT

23.10.2025

QOLGAN VAQT

16 kun

HUDUD

Saudiya Arabistoni

O'QILGAN

1008 marta

KAUST Microelectronics Winter Camp (MEWC) – bu bakalavriat va magistratura talabalarining texnik va innovatsion koʻnikmalarini oshirish uchun moʻljallangan olti haftalik ilmiy amaliyot dasturidir. Ishtirokchilar yetakchi professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar rahbarligida mikroelektronikaning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy loyihalarda faol ishtirok etadi.

Mazkur qishki oromgoh dasturi Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti tomonidan tashkil etiladi. Dastur mashgʻulotlari 2026-yil 12-yanvardan 19-fevralgacha KAUST kampusida oʻtkaziladi.

Dastur oʻziga xos tuzilishga ega boʻlib, turli xil tadbirlarni, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Zamonaviy elektronikaning turli yoʻnalishlari boʻyicha amaliy, ilgʻor tadqiqot loyihalari
  • Zamonaviy va rivojlanayotgan texnologiyalar, jumladan, integral mikrosxemalar (IS), oqimli bosma, 3D bosma va oʻz-oʻzini yigʻish boʻyicha seminarlar va texnik treninglar
  • Topshirilgan loyiha asosida gadjet prototipini loyihalash
  • Tadqiqot koʻnikmalari va elektron pochta orqali oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha seminarlar
  • Dastur oxirida elektron posterlar tanlovi

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura talabalari, bakalavriatning bitiruvch kurs talabalari va universitetni yaqinda bitirgan nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:

  • KAUSTda yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya
  • Logistika va vizani uchun yordam
  • KAUST kampusida bepul turar joy
  • Jahon darajasidagi tadqiqot obyektlari va resurslaridan foydalanish imkoniyati
  • Dastur muvaffaqiyatli yakunlangandan keyin sertifikat

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yoʻnalishlariga oid fanlar boʻyicha tahsil olayotgan magistratura talabalari, bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari va yaqinda universitetni bitirganlar ariza topshirishi mumkin.
  • GPA (oʻrtacha bahosi) 4 ballik tizimda oʻrtacha 3,5 yoki undan yuqori ballga ega boʻlish lozim.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.
  • Ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishlashga kuchli qiziqishga ega boʻlish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2025-yil 23-oktabrgacha qabul qilinadi. Arizalarni onlayn tarzda BU YERDA topshirish mumkin.

Ariza topshirish vaqtida quyidagi hujjatlarni yuklash soʻraladi:

  • CV. Unda nomzodning tajribasi va akademik yutuqlari alohida koʻrsatilishi kerak.
  • Universitetda olingan baholar (ingliz tilida).
  • Pasport nusxasi.

Ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Hisob yarating: PlutoEdu portalida ariza beruvchi sifatida roʻyxatdan oʻting.
  2. Arizani toʻldirng: Onlayn ariza shaklini toʻldiring. Bu taxminan 5-10 daqiqa vaqtingizni oladi. Jarayonni saqlab qoʻyib, keyinroq arizani davom ettirishingiz mumkin.
  3. Qabul qiluvchi fakultetlarni tanlang: Oʻzingiz afzal koʻrgan tadqiqot yoʻnalishini koʻrsatish uchun qabul qiluvchi fakultetlarni afzallik darajasi boʻyicha (1-oʻrindan 3-oʻringacha) saralab koʻrsating.

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan oʻtganlar dasturga qabul qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!